BMT 24 fevraldan beri Ukrainada qancha tinch aholi halok bo‘lganini ma’lum qildi

BMT 24 fevraldan beri Ukrainada qancha tinch aholi halok bo‘lganini ma’lum qildi

24 fevraldan 19 maygacha Rossiya harbiy harakatlari boshlanganidan beri Ukrainada 3838 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, ulardan 1454 nafari erkak, 947 nafari ayol, 89 nafari qiz va 98 nafari o‘g‘il bolalar, shuningdek, jinsi hozircha noma’lum bo‘lgan 69 nafar bola va 1181 nafar kattalar. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi xabar bermoqda.

4351 nafar tinch aholi, jumladan, 812 nafar erkak, 553 nafar ayol, 103 nafar qiz va 116 nafar o‘g‘il bola, shuningdek, jinsi hozircha noma’lum bo‘lgan 164 nafar bola va 2603 nafar kattalar yaralangan.

Donesk va Lugansk viloyatlarida Kiyev nazorati ostida bo‘lgan hududlarda 1992 kishi halok bo‘ldi, 1872 kishi yaralandi. Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan hududlarda esa 127 kishi halok bo‘ldi, 509 kishi yaralandi, deya xabar beradi BMT. Ukrainaning boshqa hududlarida esa 1719 kishi halok bo‘ldi, 1970 kishi yaralandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!