Birjada 1,9 trln so‘mlik tovarlar sotildi, ko‘mir, sement va suyultirilgan gaz narxi pasaydi

Birjada 1,9 trln so‘mlik tovarlar sotildi, ko‘mir, sement va suyultirilgan gaz narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 8 – 14 aprel kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 1 992,0 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 52,3% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 78,9% birja savdolariga, qolgan 21,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 571,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Ko‘mir

O‘tgan haftada birja savdolariga 5 727,0 tonna ko‘mir qo‘yildi va undan 3 036,0 tonnasi, ya’ni 53,0% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 7 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘mirning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 389,4 ming so‘mdan 253,9 ming so‘mgacha pasaydi.

Sement

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 85 403,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 28,5 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 564,0 ming so‘mdan 547,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 77 ta xaridor ishtirok etdi.

Suyultirilgan gaz

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 7 654,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 5 388,0 tonnasi, ya’ni 70,4% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 208 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 597,9 ming so‘mdan 4 542,8 ming so‘mgacha pasaygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!