Bir kecha-kunduzda 165 gektar maydon: Fransiyada keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi

Bir kecha-kunduzda 165 gektar maydon: Fransiyada keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi

Kecha Fransiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Anglet shahrida keng ko‘lamli yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar beradi Ouest-France.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 165 gektar qarag‘ay o‘rmoni yonib ketgan.

"31 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan yong‘in natijasida Angletdagi o‘rmonda 165 gektar qarag‘ay ekinlari yonib ketdi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, yong‘in 150 ta o‘t o‘chiruvchilar yordamida nazoratga olingan, ammo manbasi hozircha topilmagan.

Mintaqada qurg‘oqchilik va kuchli shamol alanganing yanada kengayishiga olib kelgan.

Ayni paytda, tadqiqotchilar tergov olib borishmoqda. Agar jinoiy harakat izlari topilsa, qoidabuzarlar 100 ming yevrogacha jarima va 5 yildan 7 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!