IKAO – xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, BMTga a’zo 193 davlat ayni paytda biometrik yoki elektron pasport ustida ish olib bormoqda.
Hozir dunyoning o‘nlab mamlakatlarida biometrik pasportga o‘tilmoqda. Germaniyada ham shaxsni tasdiqlovchi ushbu hujjatga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Aslida 2000 yilning boshlarida bu mamlakatda biometrik xorij pasportini tashkil etish borasida bahs-munozaralar boshlangan edi. Oxir-oqibat 2005 yilning noyabridan fuqarolar qo‘liga ana shu yangi namunadagi hujjatlar berila boshlandi. Unga ko‘ra, pasport sahifalaridan birida chip qo‘yilgan bo‘lib, unda fuqaroning ism-sharifi, bo‘yi-basti va ko‘zining rangi tushirilgan. 2007 yildan esa pasport ma’lumotlariga tuzatish kiritildi. Unda maxsus skaner yordamida fuqaroning o‘ng va chap qo‘li ko‘rsatkich barmog‘i izi tushiriladigan bo‘ldi. Xullas, Germaniya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib to‘liq biometrik ma’lumotlar tushirilgan hujjatni muomalaga kiritdi.
Aslida bu AQSh tomonining taklifi edi. 2001 yilning 11 sentyabrida sodir etilgan terrorchilik harakatlaridan so‘ng “okean orti” mamlakatiga kirib kelayotgan ajnabiylarning pasporti shakli o‘zgartiriladigan bo‘ldi.
2010 yilning noyabridan boshlab esa yana bir o‘zgarish sodir bo‘ldi. Bu, albatta, ko‘pchilikni befarq qoldirmadi. Germaniya fuqarosi kredit kartochkasini eslatuvchi shaxsini tasdiqlovchi yangi elektron guvohnomaga ega bo‘ldi. Bu hujjat orqali nemislar tarmoqqa kirib pul o‘tkazishlari, oldi-sotdi shartnomalarini imzolashi, qo‘yingki, davlat muassasalarida barcha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ldi. Yangi hujjatda egasining elektron identifikasiyasi ham bo‘lib, u orqali internetda foydalanuvchi o‘z shaxsini tasdiqlay oladi. Germaniyada ana shu yangi namunadagi biometrik hujjatga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda. Buning muddati 2020 yilgacha etib belgilangan. Elektron mikrochipli xorij pasporti o‘ta ishonchli, ya’ni qalbakilashtirib bo‘lmaydi. Hujjatni o‘g‘irlagan jinoyatchilarga endi oson tutib bo‘lmaydi. Chegarachilar ham hujjatning haqiqiyligini aniqlash borasida qiyinchiliklarga duch kelmas ekan.
Biometrik pasportni tadbiq etish borasida ko‘plab tortishuvlar bo‘ldi. Unda yetakchi siyosatchilar, fuqarolar ma’lumotlarini muhofaza etish sohasida faoliyat yurituvchi ekspertlar xizmatidan foydalanildi. Ayrimlar biometrik pasportga raqamli qo‘l barmog‘i izlarini tushirilishiga qarshi ham bo‘ldi.
Pasportingiz cho‘ntakda yoki sumkada bo‘lgan paytda ham elektron mikrochipdagi saqlanib qolgan ma’lumotlarni bir zumda bilib olish imkoniyati mavjud. Shu boisdan bu hujjatni maxsus g‘ilofda olib yurish tavsiya etilmoqda. Chunki fuqarolarning ma’lumotlari noqonuniy ravishda boshqalarga tushib qolishi ham hech gap emas. Yana bir qiziq holat maxsus uskuna yordamida biometrik hujjat egasining harakat yo‘nalishini ilg‘ab olsa bo‘ladi. AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlarda ayni paytda biometrik pasportlarni joriy etishga e’tibor kuchaytirilgan.
IKAO – xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, BMTga a’zo 193 davlat ayni paytda biometrik yoki elektron pasport ustida ish olib bormoqda. Ayni paytda 340 millionga yaqin biometrik pasportlar muomalada yuribdi. 2014 yildan boshlab sayyoramizda kontaktsiz chipli 90 foizga yaqin elektron pasportlardan foydalanila boshlandi. 45 ta mamlakat elektron pasportlarni joriy etgan. 34 tasida esa pasport egasining raqamli fotosurati tushirilgan hujjati mavjud. Shveysariyada o‘tkazilgan referendumda aholining 50,1 foizi biometrik pasportga o‘tish taklifini qo‘llab-quvvatlagan. Bu, albatta, yaxshi. Chunki konfederasiya Shengen zonasida.
Manba: uza.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.
Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.