Bemorlar Janubiy Koreyada davolanishadi

Bemorlar Janubiy Koreyada davolanishadi

Buxoro shahrida o‘z shifoxonasini barpo etgan Janubiy Koreyaning “Korea medical fund Sangwon Clinik Himchan” klinikalar tarmog‘i xayrli tashabbus bilan maydonga chiqdi.

Unga ko‘ra, suyak va bo‘g‘im kasalliklari bilan og‘rigan o‘zbekistonlik ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand 100 nafar bemor bepul operasiya qilinadi.Bemorlarni Buxoroda davolash imkoni bo‘lmaganida jarrohlik amaliyoti Janubiy Koreyada o‘tkaziladi.Barcha xarajatlar koreyalik hamkorlar tomonidan amalga oshiriladi.Kuni kecha viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tavsiya etilgan ana shunday bemorlarning dastlabki yetti nafari saralab olindi.Ular Koreyaga jo‘nab ketishmoqda.

-O‘tgan yilning mart oyida Buxoroda “Korea medical fund Sangwon Clinik Himchan”tarmog‘ining klinikasini ochish yuzasidan kelishuvga erishilgandi,-deydi “Ximchan –Buxoro” klinikasi bosh shifokori Seo Jong Pil.- Mijozlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda kam ta’minlangan bemorlarga yordam qo‘lini cho‘zish maqsadidamiz.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki,ushbu yirik klinikaning Koreyada 8 ta kasalxonasi bor.Buxorodagi klinikani barpo etish uchun esa xorijiy investorlar 6 million AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan – to‘g‘ri sarmoya kiritishgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!