Belarus, Qirg‘iziston va Qorabog‘dagi mojarolar Putinning obro‘sini to‘kadimi?

Belarus, Qirg‘iziston va Qorabog‘dagi mojarolar Putinning obro‘sini to‘kadimi?

The New York Times'ning (NYT )taxmin qilishicha, bir vaqtning o‘zida Belarus, Qirg‘iziston va Tog‘li Qorabog‘ inqirozi Rossiyaning ushbu mintaqalardagi ahamiyatiga salbiy ta’sir qiladi.

Amerikalik jurnalistlarning fikriga ko‘ra, bu holat Kremlni hayratda qoldirdi va "Prezident Vladimir Putinning jahon sahnasidagi usta taktikachi sifatida obro‘siga putur yetkazdi".

Ta’kidlanishicha, Rossiya global kuchga aylanish uchun qilingan ko‘p yillik urinishlardan so‘ng beqarorlikka duchor bo‘lgan.

Nashrning ta’kidlashicha, Belarus va Qirg‘iziston rahbarlari, Moskvaning qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, ag‘darilish arafasida edi. Shu bilan birga, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro "Rossiyaga mintaqa bilan turli xil aloqalarni rivojlantirishga imkon bergan" kelishuvni bekor qilishi mumkin.

Shu bilan birga, maqolada beqarorlikning ichki omili, xususan, Xabarovsk o‘lkasidagi norozilik namoyishlari ham qayd etilgan.

"Rossiyada pandemiya tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar jamoatchilikning Putindan noroziligini kuchaytirdi", deb yozadi NYT.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!