Behayo suratlari tufayli o‘zini o‘ldirgani aytilgan samarqandlik kelinchak ishi qayta ko‘rib chiqiladi

Behayo suratlari tufayli o‘zini o‘ldirgani aytilgan samarqandlik kelinchak ishi qayta ko‘rib chiqiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanida 19 yoshli kelinning fotosurati "Telegram" tarmog‘idagi behayo kanalga chiqarib yuborilgani sababli o‘zini o‘zi osib qo‘yganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish hakida qaror qabul qilingan.

Mazkur qaror Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, bekor qilindi va qo‘shimcha tekshirish harakatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazish xakida ko‘rsatma berildi.

Qo‘shimcha tekshirish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qonuniy qaror haqida keng jamoatchilikka e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!