Begunohlarni himoya qilgan Yahyo Sinvar qo‘li qonga botgan shaxsga aylantirildi
Amerika prezidenti ham, Germaniya kansleri ham Isroil bilan bir butun ekanligini yana bir bor isbotladi.
Baydenning da’vo qilishicha, HAMAS yetakchisi Sinvarning qo‘lida qon bo‘lgan.
Bayden Berlinga kelishidan bir kun oldin Isroil harbiylari G‘azo sektorida HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarni o‘ldirganida mintaqadagi keskinlik yanada kuchaydi, Bayden buni «adolat lahzasi» deb atadi.
Berlinda Shols bilan birga nutq so‘zlagan Bayden, Sinvarning qo‘lida «isroilliklar, falastinliklar, amerikaliklar, nemislar va boshqa ko‘plab odamlarning qoni» borligini da’vo qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga bu lahzadan «Hamassiz G‘azoda tinchlikka, yaxshi kelajakka yo‘l olish imkoniyati» sifatida foydalanishi kerakligini aytgan.
Shols «Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega. Men buni juda aniq aytishim muhim. Biz Isroil tomonidamiz », deb qa’tiy gapirdi.
Bayden, shuningdek, Shols hukumatini Isroil taraf bo‘lgani uchun maqtadi.