Baydendan Pekin-2022 Olimpiadasini boykot qilish so‘raldi

Baydendan Pekin-2022 Olimpiadasini boykot qilish so‘raldi

AQSh Vakillar palatasi a’zosi Jon Ketko AQSh prezidenti Jo Baydenni 2022 yilgi Pekin Olimpiadasini boykot qilishga chaqirdi.

Siyosatchi XXR rasmiylarining uyg‘urlarga nisbatan harakatlari Amerika qadriyatlariga zid ekanligini aytgan.

«Genosidni ochiqdan-ochiq amalga oshirayotgan mamlakatda Olimpiadada ishtirok etish nafaqat ushbu umumiy qadriyatlarga putur yetkazadi, balki erkin va adolatli jamiyat uchun harakat qilayotganlarning barchasiga berilgan va’dalarga soya soladi», degan Ketko ochiq xatida.

Pekin Qishki Olimpiada o‘yinlari 2022 yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!