Bayden va uning rafiqasi 2023 yilda qancha daromad qilgani ochiqlandi

Bayden va uning rafiqasi 2023 yilda qancha daromad qilgani ochiqlandi

AQSh Prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jill Bayden 2023 yilda 620 ming dollar ishlab topdi. Bu haqda soliq deklarasiyasiga tayanib, Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Juftlik ushbu summadan 23,7% stavkada 146,6 ming dollar miqdorida federal daromad solig‘ini to‘lagan. Jo Bayden va uning rafiqasi ularning uyi joylashgan Delaver shtatida ham taxminan 30,9 ming dollar soliq to‘lagan. Shuningdek, Jill Bayden o‘tgan yili Virjiniya shtatida ham 3500 dollar soliq to‘lagan.

O‘tgan yili Baydenlar 17 xil xayriya tashkilotiga 20 ming dollar xayriya qilgan. Shundan 5 ming dollar marhum o‘g‘li nomi bilan atalgan Bo Bayden jamg‘armasiga tushgan.

2022 yilda oilaning yillik daromadi 579,5 ming dollarni tashkil etdi. “Bloomberg”ning yozishicha, 2023 yilda daromadning oshishi Shimoliy Virjiniya jamoat kolleji professori Jill Baydenning maoshining oshishi bilan bog‘liq. Shuningdek, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarining oshishi tufayli daromad ham oshgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2023 yil uchun mulk, daromad va xarajatlar to‘g‘risidagi deklarasiyani e’lon qilgandi. Deklarasiyaga ko‘ra, Zelenskiy va uning oilasining daromadi 2023 yilda 12 million 423 ming grivnani (taxminan 317 ming AQSh dollari) tashkil qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!