Bayden Rossiyaga tahdid qildi

Bayden Rossiyaga tahdid qildi

AQSh yetakchisi Jo Bayden Rossiyani taktik yadro yoki kimyoviy qurol ishlatishga qaror qilsa, “oqibati” bilan tahdid qildi.

Bu haqda Baydenning CBC telekanaliga bergan intervyusidagi parchaga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, intervyu 18 sentyabr, yakshanba kuni efirga uzatiladi.

Amerika rahbari Vashington bunday holatda qanday munosabatda bo‘lishini aytmadi.

"Agar aniq bilsam, sizga aytaman deb o‘ylaysizmi ... Albatta, sizga aytmayman", dedi Bayden.

Bayden "oqibatlar bo‘ladi" deb va’da berdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov avvalroq yadro urushining yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi Rossiyaning prinsipial pozisiyasi ekanligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!