Bayden prezident sifatida ilk bor Putin bilan suhbatlashdi

Bayden prezident sifatida ilk bor Putin bilan suhbatlashdi

26 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh davlat rahbari Jozef Bayden o‘rtasida ilk telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi ma’lumotlariga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

Putin va Bayden Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha notalar almashinishidan mamnunliklarini izhor etdilar.

Xalqaro mavzular doirasida AQShning «Ochiq osmon» shartnomasidan bir tomonlama chiqishi, Eron yadro dasturi bo‘yicha qo‘shma Harakat rejasini saqlab qolish muammosi, Ukrainaning ichki kelishuvi va Rossiyaning  BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolari sammitini o‘tkazish bo‘yicha tashabbusi haqida ham so‘z yuritildi.

Putin Baydenni prezidentlik bilan tabrikladi. Uning ta’kidlashicha, Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarning normallashuvi har ikki mamlakat manfaatlariga javob beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!