Barcha gaz quyish shaxobchalari inventarizasiyadan o‘tkaziladi

Barcha gaz quyish shaxobchalari inventarizasiyadan o‘tkaziladi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov respublikadagi barcha gaz ballonli avtotransport vositalarini hamda gaz to‘ldirish stansiyalarini texnik holatini to‘liq inventarizasiyadan o‘tkazishga ko‘rsatma berdi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz.

Undan tashqari tabiiy gazda ishlaydigan qozonxonalar, pechlar va boshqa jihozlar ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ushbu ma’suliyatli vazifaga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov mas’ul etib belgilangan.

Inventarizasiya natijalari bo‘yicha gazda ishlaydigan avtotransport vositalari, gaz to‘ldirish stansiyalari, qozonxonalar va boshqa jihozlardagi avariyalarning oldini olishga qaratilgan “yo‘l xaritalari” hukumat tasdig‘iga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, 18 sentyabr kuni Buxoro viloyati, Kogon tumani hududidan o‘tuvchi “G‘uzor—Buxoro—Nukus” A-380 avtotrassasining 201-kilometrida Isuzu avtobusida gaz balloni portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi jarohatlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!