Bangladeshning sobiq bosh vaziriga nisbatan qotillik ishi ochildi

Bangladeshning sobiq bosh vaziriga nisbatan qotillik ishi ochildi

Bangladeshning sobiq bosh vaziri Shayx Hasina va yana olti nafar sobiq hukumat amaldoriga nisbatan qotillik ishi ochildi, bu hukumat almashganidan keyin unga nisbatan birinchi ochilgan ish.

Bu haqda The Daily Star nashri xabar bermoqda.

Hasina va qator hukumat amaldorlari 16 iyul kuni poytaxtning Muhammadpur tumanida namoyishlar chog‘ida polisiya tomonidan otib o‘ldirilgan oziq-ovqat do‘koni egasi Abu Sayidning o‘limiga aloqadorlikda ayblanmoqda. Nashr avvalroq u polisiyaga tahdid solmagani, boshqa namoyishchilardan uzoqroqda turgani, qo‘lida faqat tayoq borligi, u bilan hech kimga hujum qilmaganini ta’kidlagan edi. Polisiya namoyishchilarga qarata o‘q uzdi, deb yozadi gazeta.

Xasina 5 avgust kuni tartibsizliklar tufayli Dakkadagi rasmiy qarorgohini tark etdi. Keyin u iste’foga chiqishini e’lon qildi va Hindistonning Agartala shahriga uchib ketdi. Hindu xabariga ko‘ra, sobiq bosh vazir Buyuk Britaniyadan boshpana so‘ramoqda. 2006 yil Nobel tinchlik mukofoti sovrindori doktor Muhammad Yunus rasman Bangladesh muvaqqat hukumati rahbari etib tayinlandi. Uning o‘zi va muvaqqat hukumatning butun tarkibi 8 avgust kuni qasamyod qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!