Bahrom Nazarovdan muxlislar kutgan yangilik!

Bahrom Nazarovdan muxlislar kutgan yangilik!

Xalqimiz sevgan san’atkor Bahrom Nazarov muxlislarini konsert xabarlari bilan quvontirishdan to‘xtamiyapti. 7, 8 mart kuni Turkiyada anshlag tarzda konsert bergan xonandaning gastrol safarlari davom etadi, deya ma’lum qildi “popcornuz.com”.

Avvalgi xabarlarda gastrol safarlari Isroilda davom etishi xaqida ma’lum qilingan edi. Endi ular qatoriga yana bir davlat qo‘shildi. Xonanda 21 mart kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida o‘z konserti bilan mehmon bo‘ladi.

Navro‘z ayyomida bu davlatda istiqomat qiladigan muxlislarini xushnud etishni istagan Bahrom Nazarovga omad tilaymiz. Eslatib o‘tamiz, xonanda 16, 17 may kunlari Isroil davlatining ikki shahrida konsert beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!