Ayollar bilakuzugini taqqan erkak

Ayollar bilakuzugini taqqan erkak

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti hamda boshqarmaning Kontrabanda va bojxona qoidalari buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy harakatlanishiga doir navbatdagi huquqbuzarlik fosh etildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mazkur postning chiqish piyoda yo‘lagi orqali Qirg‘iziston Respublikasiga chiqib ketayotgan qo‘shni davlat fuqarosi X.Yo belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ham ma’lum qilinmagan umumiy og‘irligi 129,27 grammni tashkil etuvchi sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirgan holda olib o‘tmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
 
Boz ustiga qonunbuzar 2 juft ayollar bilakuzugini o‘ng va chap bilagiga ustma-ust holatda taqib olganligi ham nafs qutqusi bu fuqaroning ko‘zini ko‘r qilib qo‘yganini anglatadi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining xulosasiga ko‘ra, ushbu ayollar taqinchoqlari tilla buyumlari deb topilib, ularning umumiy qiymati 25 million 854 ming so‘mni tashkil qildi.
 
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!