Ayol haydovchi boshqaruvidagi «Nexia-3» yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Ayol haydovchi boshqaruvidagi «Nexia-3» yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Ma’lum bo‘lishicha, voqea shaharning Bobur shoh va E.Ashurov ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, «Nexia-3»ning 20 yoshli ayol haydovchisi o‘ngga qayrilish ishorasini berib qayrilayotgan «MAN» yuk mashinasi bilan yetarlicha oraliq masofa saqlamagan va uning tagiga kirib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida voqea ishtirokchilariga tan jarohati yetmagan. Hozirda holat yuzasidan Andijon shahar yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!