Avtomobil importida soxtalashtirishga barham beriladi — agentlik

Avtomobil importida soxtalashtirishga barham beriladi — agentlik

Noqonuniy ravishda soddalashtirilgan sertifikat asosida O‘zbekistonga transport vositalarini olib kirishga chek qo‘yildi. Bu haqda AOKAda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov ma’lum qildi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra:

jismoniy yoki yuridik shaxslar bir yilda bir marotaba o‘z ehtiyojlari maqsadida xorijdan transport vositasi olib kelganda soddalashtirilgan tartibda Sertifikat olishi belgilangan.

bittadan ortiq va tijorat maqsadida olib kelinayotgan transport — beligilangan tartibda Transport vositasi turini ma’qullash hujjati olishi kerak.

Ammo, "tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan import qilingan bir donadan ortiq bo‘lgan avtotransportga, transport vositasi turini ma’qullash hujjatini rasmiylashtirishdan qochib, jismoniy shaxslar nomidan sertifikatlashtirishga ariza yo‘llangan hamda muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish orqali erkin muomalaga chiqarilgan.<...> Bunda belgilangan 14 ta sifat va xavfsizlik talablari baholanmagan", - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda transport vositalari importida muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish 7 yildan beri (2017 yil) amalda. 2024 yilda 26 ta transport vositasining turi ma’qullanib, davlat reestrida ro‘yxatga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!