Ashuro kuni – Alloh taolo iymon egalarini kufr egalari ustidan g‘olib qilgan kundir

A A A
Ashuro kuni – Alloh taolo iymon egalarini kufr egalari ustidan g‘olib qilgan kundir

Alloh subhanahu va taolo bandalarining hayotini yillardan, yillarni oyu kunlardan iborat qilib yaratdi. Kunlarni ham turli vaqt bo‘laklariga ajratib, bir vaqtni boshqasidan fazilatliroq va barakaliroq qilib qo‘ydi. Shunday muborak oylarning eng fazilatlilaridan biri muharram oyi, bu oyda iymon egalari g‘animat bilmoqlari kerak bo‘lgan eng ulug‘ kun esa ashuro kunidir. Ashuro kuni muharram oyining 10- kuni bo‘lib, bu yil milodiy hisobda 20 sentyabrga to‘g‘ri keladi.

Imom Muslim “Sahih“larida rivoyat qilingan hadisda Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: “Ramazon oyidan so‘ng eng yaxshi ro‘za Allohning muharram oyi ro‘zasidir. Farz namozlaridan so‘ng eng yaxshi namoz tungi namozdir“.

Ushbu hadisdan tushuniladiki, nafl ro‘zalar ichida eng savobi ulug‘i muharram oyi ro‘zasidir.

Tobeinlardan Abu Usmon An Nahdiy aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalari uchta 10 kunni ulug‘lar edilar: ramazonning so‘nggi 10 kuni, zulhijjaning dastlabki 10 kuni va muharram oyining dastlabki 10 kuni“.

Imom Buxoriy va Imom Muslim sahihlarida rivoyat qilingan hadisda Ibn Abbosdan roziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida yahudiylarning Ashuro kuni ro‘za tutayotganini ko‘rib: “Bu - yaxshi kun, bu Alloh bani Isroilni dushmanlaridan xalos qilgan kundir. Muso bu kunda ro‘za tutgan va biz Musoga haqliroqmiz“ dedilar va sahobalarni Ashuro kuni ro‘za tutishga buyurdilar.

Hadisdan ma’lum bo‘ladiki, bu ulug‘ kun Alloh taolo Muso alayhissalom va qavmini Fir’avn qo‘shinidan qutqargan, iymon egalarini kufr egalari ustidan g‘olib qilgan kundir.

Imom Muslim Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadislarida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ashuro kunining ro‘zasi o‘zidan oldingi bir yillik gunohlarga kafforat bo‘lishini aytganlar. Allohu akbar! Bu qanday buyuk kunki, undagi bir kunlik ro‘za bir yillik gunohlarning kechirilishiga sabab bo‘lsa! Bunday katta imkoniyatni, ozroq harakat bilan bunday katta natijaga erishish fursatini oqil odam qo‘ldan boy berarmidi?!

Ashuro ro‘zasini tutmoqchi bo‘lgan kishi 9- va 10- kunlari (ashuro kuni va undan oldingi bir kunda) ro‘za tutmog‘i eng afzalidir. Zero, imom Muslimning sahihlarida Ibn Abbosdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam sallallohu alayhi vasallam aytadilar: “Agar keyingi yilgacha yashab tursam, 9- kunning ham ro‘zasini (Ashuro bilan qo‘shib) tutgan bo‘lardim.” Agar 9-, 10- va 11- kunlari yoki 10- va 11- kunlari ro‘za tutsa, yohud 10-ning o‘zida tutsa ham hadislarda kelgan ulkan ajrlarni oladi, inshaalloh. Imom Mulla Aliy Qoriy rohimahulloh muharramning ko‘proq kunlarida ro‘za tutish afzal ekanini aytib, biroq ushbu oyning har kuni ro‘za tutish boshqa hadislarga zid ekanini aytganlar.

Ey mo‘min birodarlar, tijoratlarda oqil bo‘lganimiz kabi ibodatlarda ham oqil va hikmatli bo‘laylik. Alloh Taolo fazli va rahmati bilan ba’zi kunlar va soatlarga ajru savoblar xazinalarini taqsimlab, Jannatga oshiq mo‘minlar uchun bu g‘animat vaqtlarni ikki dunyo saodatiga erishishlari imkoniyati o‘laroq tuhfa qildi. Bunday muborak kunni g‘animat bilaylik va unda xayrli ishlarga, xususan, ro‘za tutib, duolar qilib qolishga shoshilaylik.

Unutmaylikki, tadabbur va tafakkur egalari uchun bu kunning fazilatli bo‘lishiga sababchi bo‘lgan payg‘ambarlar tarixlarida ulkan hikmatlar bor. Bu kunlarda ro‘za tutishimiz, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bu kunda ro‘za tutishlariga sababchi bo‘lgan Muso alayhissalom hayotlaridan bir qissani eslasak.

Fir’avnga folbinlari bani Isroildan chiqqan go‘dak uning saltanatini vayron qilib yuborishini aytdilar. U o‘z askarlariga bani Isroilda tug‘ilgan har bir go‘dakni o‘ldirishni buyurdi. Fir’avnning zolim qo‘shini har bir go‘dakni onasi qo‘lidan tortib olib, so‘yib yuborayotgan bir paytda dunyoning bashariyatga ma’lum qoidalariga ko‘ra Musoning o‘limi muqarrar bo‘lib qolgandi. Biroq bandalar reja tuzaveradilar, Allohning rejasi bor. Allohning qadari bandalarning rejalarini yo‘q qilib yuborishini zolimlar bilmaydilar. Musoning onasi o‘z go‘dagini qanday qilib Fir’avn zulmidan qutqarib qolishini o‘ylab iztirobda turgan bir paytda Alloh unga jajji chaqalog‘ini daryoga uloqtirishni buyurdi. Dunyoning insoniyatga ma’qul bo‘lgan qoidalariga ko‘ra bu yechim aqlsiz va mantiqsiz ko‘rinadi. Ona Fir’avnning oldiga borib, bolasiga shafqat qilishini so‘rab yolvorishi, qochishga - yashirinishga urinishi yoki askarlardan o‘tinib, go‘dagini istisno o‘laroq tirik qoldirishlariga ko‘ndirishga urinishi inson aqliga to‘g‘ri keladigan yechimlardir. Biroq suvga otib yuborish dunyoning qoidalarini chetga surib, xolis Allohga chinakam tavakkul qilish edi. Muso alayhissalomning onalari aynan shunday qildilar. Chaqaloq oqib boshqa shaharga ketmadi, minglab boshqa oilalar emas, aynan uni o‘ldirishni istagan Fir’avnga oilasiga borib qoldi. Allohning ishlari naqadar go‘zal va hikmatli! Allohning qo‘shinini Uning O‘zidan boshqa birov bilolmaydi. Alloh Fir’avn va ayoli qalbiga go‘dakka nisbatan muhabbatni solib qo‘ydi. ”Ko‘zimizning quvonchi“ dedi Fir’avnning ayoli. Go‘dakni emizish uchun ayollar kelganda go‘dak hech kimni emmadi. Yuzlab go‘daklarni o‘ldirayotgan oila endi o‘zlari o‘ldirishni xohlagan go‘dakni sevib, uning injiqligiga qul bo‘lib, unga u emadigan ayolni topish uchun butun shaharni oyoqqa turg‘izishdi. Allohning ularga qarshi “qo‘shini“ muhabbat bo‘ldi. Go‘dakni sevib, uning injiqligiga bo‘ysungan Fir’avn oilasi barcha ayollarni go‘dakni emizishga urinib ko‘rish uchun chorlar ekan, va nihoyat navbat Musoning onasiga keldi. Allohning qadari bilan go‘dak o‘z onasini emdi va Alloh va’dasini bajarib, o‘lim xavfida suvga uloqtirilgan go‘dakni bir kunda o‘z onasiga barcha xavfdan aynan uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan zolim dushmanlar tomonidan himoya qilingan holda qaytardi. Allohning tadbiri qanday ham go‘zal!

Bu qissada aql egalari uchun cheksiz hikmatlar bor! Bugungi muammolar ko‘paygan, dunyo ishlari qalblarni mahzun qilgan kunlarimizda aslo unutmaylikki, biror daraxt bargi Allohning irodasisiz yerga tushmaydi. Qorong‘u tunda ulkan sahroning qoq o‘rtasida zarradek bir hasharotning qanot qoqishini Alloh yozib qo‘ygan va bilib turadi. Gohida muammolarning yechimi biz kutgan shaklda, biz kutgan yo‘llar bilan bo‘lmay, Alloh har bir ishga eng go‘zal xotimalarni tayyorlab qo‘ygan bo‘ladi. Bandaning ishi esa Allohga ixlos bilan duo va tavakkul qilish, Alloh qodir qilganicha xayrli – savobli amallar bilan yashab, mo‘min holida omonatini topshirishdir.

Alloh barchamizni xayrli ishlarga muvaffaq qilsin! Yurtimizni islomobod qilsin! Buxoriylar, Termiziylar faqatgina o‘tmishimiz emas, kelajagimiz ham bo‘lmog‘ini nasib aylasin!

Ashuro kunini biz uchun barokotli qilsin!

Mahmud USMON
Madina Islom universiteti talabasi

Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Jennifer Lopes konsertidan so‘ng "Bunyodkor" stadionining ahvolini ko‘rdingizmi? (Foto)

Кеча "Бунёдкор" стадионида жаҳон машҳур қўшиқчи Женнифер Лопеснинг концерт дастури бўлиб ўтди.

AQSh "tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi": Turkiyaning ruxsatisiz Qora dengizga yadroviy suv osti kemalarini joylashtira olmaydi

Бу ҳақда Türkiye нашри Туркия нашри халқаро ҳуқуқ бўйича экспертларга таяниб ёзди.

Bola o‘g‘rilari ushlandi

2023-йилдан бери камида 25 нафар чақалоқни сотиб улгурган.

Samolyot Toshkent shahriga yetmay aviafalokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Йўловчи самолёти қўнишга яқинлашганда ҳаво диспетчери ва экипаж ўртасидаги алоқа узилиб қолди

Xamzat Chimayev: "U meni yo‘q qilib tashlaydi"

UFC жангчиси Хамзат Чимаевнинг айтишича, UFC 308 турнирида Роберт Уиттакерда ғалаба учун имконият бўлмаган.

Bokschilarimiz Osiyo chempionatini "portlatib tashladi"

Хабарингиз бор, 30 июлдан 12 августга қадар Таиланднинг Бангкок шаҳри 22 ёшгача бўлган боксчилар ва ёшлар ўртасида Осиё чемпионатига мезбонлик қилади.

Toshkent bozorlarida arzonlashtirilgan narxlarda go‘sht sotilishi boshlandi

Тошкентда аҳолини сифатли ва ҳамёнбоп озиқ-овқат маҳсулотлари билан таъминлаш бўйича тизимли ишлар олиб борилмоқда.

Bahodir Jalolovning Usik bilan jangi qachon bo‘lishi mumkinligi aytildi

Баҳодир Жалоловнинг менежери Алик Фролов мутлақ жаҳон чемпиони Александр Усикка қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди.

Krishtianu Ronaldu ikki og‘iz so‘z bilan "Oltin to‘p"ni tanqid qildi

Куни кеча "Олтин тўп" учун 30 нафар номзоднинг рўйхати эълон қилинди.

"Bizdan Armaniston janubini tortib olishyapti, lekin buni hech kim gapirmayapti"

Унга кўра, Зангезур йўлаги яратилиши Арманистонни "суриялашув"га олиб келиши мумкин.

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi kelajagi oydinlashdi

Тармоқда Абдуқодир Ҳусанов Манчестернинг бошқа бир жамоасига ўтиши ҳақида хабарлар тарқалганди.

JCH-2026 «tarixdagi eng iflos musobaqa» bo‘lishi mumkin

Экологларга кўра, бу чемпионат атмосферага 9 млн тонна СО2 чиқариши мумкин.

Dilshod To‘raxo‘jayev ishi: Rossiya O‘zbekistonga nota yo‘lladi

Россиянинг Ўзбекистондаги элчихонаси мазкур иш юзасидан расмий нота берди.

Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»dagi haftalik maoshi ma’lum bo‘ldi

Европанинг lentedesportiva.com сайти эксперти Оливер Обел «Манчестер Сити» жамоаси футболчиларининг ҳафталик маошларини таҳлил қилди.

Uitkoff Putinni noto‘g‘ri tushungan?!

Нашр манбаларига кўра, аслида Россия президенти бу ҳудудлардан Украина қўшинлари олиб чиқилиши кераклигини айтган.

Ushbu jarayonlarning maqsadi mintaqada Rossiya va Eronni zaiflashtirishdir

Воқеалар Россия базасининг Арманистондан олиб чиқилишига олиб келиши мумкин

Ukraina va Yevropa Rossiya va AQSh prezidentlarining uchrashuviga to‘sqinlik qilishi mumkin

Худди шундай фикрни Олий Рада депутати Александр Дубинский ҳам билдирди.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi

Дилмурод Исломов республика «Зарб» кўрик-танловининг ва Доирачилар фестивалининг асосчиси ҳисобланади.

Bolgariyada cho‘kib ketgan yigitning jasadi O‘zbekistonga qaytarilmoqda

Болгариянинг Созопол шаҳрида 22 ёшли Ўзбекистон фуқароси украиналик қизни қутқаришга уриниш пайтида сув остидаги қоялар орасида қолиб ҳалок бўлганди.

Mashina ustida salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

3 август куни содир бўлган ҳодиса видеолари ижтимоий тармоқларда тарқалган.

Tailandda 30 qavatli minora qulab tushdi

Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.

Qozog‘istonda yo‘qolgan vertolyot parchasi va ekipajning jasadi topildi

Эслатиб ўтамиз, EC-145 вертолёти 25 июль куни бедарак йўқолган

Toshkentda 3 nafar erkak bankomatni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi

Ерга тушиб кетган банкомат овози фуқароларнинг эътиборини тортганидан шубҳаланиб, улар шикаст етган банкоматни ташлаб воқеа жойидан қочиб кетишган.

Farzandlari onasini ko‘rishni istamagan ayol aliment pullari undirildi

Олтиариқ туманидаги ҳодиса бизни ачинарли ҳақиқатга яна бир бор тўқнаштиради: онанинг фарзандларини ташлаб кетиши.

Xitoy fuqarosi AQShdagi hibsxonada o‘z joniga qasd qildi

32 ёшли йигит ювиниш хонасида бўйнига осилган ҳолда топилган

2023 yildan buyon Isroil tomonidan G‘azoga 100 ming tonna bomba tashlandi

Сўнгги 24 соат ичида Ғазода Исроил томонидан 100 нафар киши ўлдирилди

G‘azoda ochlikdan halok bo‘lganlar soni 197 nafarga yetdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги директори Мунир ал-Барш ижтимоий тармоқда маълум қилди.

HAMAS: Isroilning G‘azo shahrini bosib olish rejasi "katta xaq to‘lashga olib keladi"

ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.

BMT inson huquqlari komissari Isroilni G‘azodagi harbiy rejadan voz kechishga chaqirdi

Бу ҳақда хорижий ОАВга таянган ҳолда Report нашри хабар берди.

Hizbullohni qo‘ldan qurolsizlantirish — AQSh va Isroilning nayrangi

Ямандаги Ансоруллоҳ ҳаракати раҳбари Абдулмалик ал-Ҳуси АҚШ ва Исроилнинг Ливандаги Ҳизбуллоҳ ҳаракатини қуролсизлантириш уринишларини кескин танқид қилди.

Isroil G‘azo shahrini bosib olish rejasini tasdiqladi

Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.

Isroil va’dasini buzdi va g‘azoliklarni «sekin o‘ldirish»da davom etyapti

Исроил Ғазо секторига инсонпарварлик ёрдами ортилган юк машиналарини Европа Иттифоқига ваъда қилганидан тўрт баравар кам киритди. Бу ҳақда Euractiv Еврокомиссия ҳужжатларига асосланиб хабар берди.

Xitoyda xavfli virus tarqaldi. Karantin cheklovlari joriy qilindi

Хитойнинг Жанубий Фошан провинциясида чикунгуня вируси катта тезликда тарқалмоқда.

Toshkentda 19 yoshli yigit ko‘chada kiyimsiz yurgani bo‘yicha ma’lumot berildi

Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.

Xitoyda ko‘chki ostida 14 kishi qolib ketdi

Қолган беш кишини қидириш ишлари давом этмоқда.

G‘azoda qashshoqlik qurbonlari soni 197 nafarga yetdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги бош директори Мунир ал-Бурш ижтимоий тармоқдаги саҳифасида хабар берди.

AQShning Jorjiya shtatidagi Fort-Styuart harbiy bazasiga qurollangan shaxs bostirib kirdi

Дастлабки маълумотларга кўра, жароҳатланганлар бор, бироқ уларнинг сони ҳозирча номаълум.

Ispaniyada jaziramadan 1060 kishi vafot etdi

Испанияда ёзнинг иккинчи иссиқ тўлқини хавфи остида, бу камида кейинги якшанбага қадар давом этиши кутилмоқда.

Кўкдаладаги газ портлаши оқибатида 10 синф қиз ҳам вафот етди

Масъуллар воқеадан сўнг, портлаш ва ундан келиб чиққан ёнғин 4 кишининг умрига зомин бўлганини очиқлаганди.

Инсоният тарихида биринчи марта ядро қуроли қўлланилган кун: Ҳиросимага атом бомбаси ташланганига 80 йил тўлди

Оқибатда Қўшма Штатлар Б-29 Энола Гай бомбардимончи самолёти ҳеч қандай қаршиликка учрамай, шаҳар марказидан учиб ўтган ва “Кичкинтой” деб номланган ядро бомбасини шаҳарга ташлаган.

Сирдарёда машина олиб қочган икки йигит Бўкада уларни тўхтатишга уринган ИИБ ходимини пичоқлади

Андижон вилояти, Хўжаобод туманидан бўлган 18 ёшли икки йигит ўзлари Самарқанд шаҳридан йўловчи сифатида минган Cobalt машинасини Сирдарё вилояти ҳудудида ҳайдовчи ҳожатхонага кирганидан фойдаланиб, олиб қочган.

Ғазоликларни қиришга чорлаган исроиллик футболчини немислар ортига қайтаришди

Германия Иккинчи Бундеслигасининг «Фортуна Дюсселдорф» клуби, мухлисларнинг босими туфайли, исроиллик ҳужумчи Шон Вайсман билан режалаштирилган шартномани бекор қилди.

Кўкдаладаги портлашда ҳайдовчи жароҳатланди

Ёнғин натижасида 1 та автоцистерна ва 10 куб пропан суюлтирилган газ сақлаш резервуари ёниб зарарланган.

Кўкдала туманида рўй берган ёнғин тўғрисида расмий маълумот берилди

Шунингдек, вилоят ҳокимлиги ахборот хизмати "портлаш" эмас, ёнғин чиққанини маълум қилди.

Колумбиядаги сув тошқинларидан 2 мингдан ортиқ киши жабрланди

Санта-Марта мэри Карлос Пинедо шаҳарда тўрт соат ичида ҳар квадрат метрга 155 миллиметр ёмғир тушганини айтди. У бу миқдорни "жуда юқори" деб таърифлади.

Дорихонада маст эркак 14 ёшли болани калтаклади

Жумладан, вояга етмаган М.К.га етказилган тан жароҳати юзасидан суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

Гулистондаги вилоят мусиқали драма театрида ёнғин чиқди

Шунга кўра, 5 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 18:09 да воқеа жойига етиб борган ҳамда соат 18:12 да ёнғинни қуршаб олиб, 19:00 да тўлиқ ўчирган.

Чилида фожиа: Шахтадаги ишчилар ҳалок бўлди

Шахтанинг ўпирилиб қулашига Чили тарихидаги энг кучли сейсмик силкинишлардан бири сабаб бўлган. Зилзила Эль-Теньенте шахтасига катта зарар етказди.

Сериалдан илҳомланган икки ўқитувчи яширин нарколаборатория очишди

Американинг «Эгрилик сари» сериалидан илҳомланган ҳиндистонлик икки ўқитувчи яширин нарколаборатория очишди.

Ғазода гуманитар ёрдам навбатига қилинган ҳужумда 9 фаластинлик ҳалок бўлди

Бу ҳақда “Анадолу” агентлиги соғлиқни сақлаш идоралари ва гувоҳларга таяниб хабар берди.

ХАМАС: 2023 йилдан бери Ғазода 230 дан ортиқ журналист ҳалок бўлди

Бу ҳақда ХАМАСнинг расмий вакили Иззат ар-Ришк Telegram-канали орқали хабар берди.

Ғазода геноцид сиёсати оқибатида хавфли касаллик тез суръатда тарқалмоқда

Вазирлик бош директори Мунир ал-Буршнинг сўзларига кўра, сўнгги кунларда 95 та янги ҳолат аниқланган, шулардан 45 нафари болалар, иккиси эса 15 ёшдан кичик.

Зеленский Россиянинг Украинага қарши босқинида Ўзбекистон фуқароларининг иштирокини қайд этди

Дронлар билан таъминлаш ва улардан фойдаланиш, аскар ёллаш ҳамда бригадаларни бевосита молиялаштириш масалалари алоҳида муҳокама қилинди.

Шавкат Мирзиёев Туркманистондаги конференцияда 6 муҳим таклифни илгари сурди

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.

Миробод туманида Spark ёниб кетди

Миробод туманида автомашинада содир бўлган ёнғин тўғрисида маълумот берилди.

Тошкентда соҳта ҳожатбарор ДХХ ходими ушланди

Пойтахтда фирибгарлик ҳолати аниқланди.

Конор Макгрегор фуқароларни Ирландия конституциясини ўзгартиришга чақирди

Бу ҳақда у ижтимоий тармоқдаги Х саҳифасида ёзди.

Тошкентда 19 ёшли "курьер" йигит Isuzu босиб кетиши оқибатида вафот этди

Мазкур ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.