Asarlarini yod olganlarga hokim tomonidan besh ming kumush va sarpo va’da qilingan alloma

A A A
Asarlarini yod olganlarga hokim tomonidan besh ming kumush va sarpo va’da qilingan alloma

Ko‘hna Xorazm — ko‘plab ulug‘ allomalarni yetishtirib, jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan maskan. Abulqosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy ana shunday ulug‘ siymolardan biridir.

Alloma 1075 yil 19 mart (hijriy 467 yil) Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tavallud topdi. Ota-onasi unchalik badavlat bo‘lmasa-da, savodli, taqvodor, diyonatli kishilar bo‘lgan. Shoir qasidalaridan birida otasining farzandlari ko‘p va oilasi katta bo‘lgani tufayli tirikchilik yo‘lida tinmay mehnat qilgani haqida yozadi.

Zamaxshariyning dunyoqarashi otasining ta’sirida shakllandi. Tarixchilar u haqda: «Bir oyog‘i yog‘ochdan edi va uzun yaktagini tushirib kiygani uchun ko‘rgan odam uni cho‘loq deb o‘ylardi», deya yozgan. Darhaqiqat, Zamaxshariy falokat tufayli yoshligidan bir oyoq bo‘lib qolgan va otasi uni endi og‘ir mehnatga yaramaydi, deb kiyim tikuvchi ustaga shogirdlikka bermoqchi bo‘ladi. Biroq yoshligidan ilmga havasmand Mahmud otasidan o‘zini madrasaga yuborishni so‘raydi. O‘g‘lidagi ilmga bo‘lgan ishtiyoq va havasni sezgan ota uni madrasaga beradi. Shu sabab bilan Az-Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalari bilan qiziqib, talabalar orasida iste’dodini namoyon qila boshlaydi. U madrasada arab tili va adabiyoti, diniy ilmlar va xattotlik san’atini mukammal egallaydi hamda tirikchilik uchun ham birqadar intiladi.

Mashhur olim Abu Mansur as-Saolibiyning iborasi bilan aytganda Buxoro: «Somoniylar davridan boshlab shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan: yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va o‘z davrining fozil kishilari yig‘ilgan (joy) edi». Arab tarixchisi va biografi ibn Xallikonning yozishicha, Zamaxshariy talabalik yoshiga yetgach, bilimini yanada oshirish, har tomonlama kamol toptirish maqsadida Buxoroga yo‘l oladi.

So‘ng bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida bo‘lib, kotiblik bilan shug‘ullanadi, hukmdorlar bilan yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yarasha biror mansab va munosib e’tibor ko‘rmagach, o‘zga yurtlarga safar qiladi. 1118 yili u og‘ir dardga chalinadi, bu kasallikdan tuzalgach, umrini faqat ilm-fanga bag‘ishlashga, asarlar ta’lif etishga astoydil qaror qiladi.

Az-Zamaxshariyning alloma bo‘lib yetishishida ustozlarining xizmati benihoya kattadir. Xususan, til, lug‘at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jariyr al-Dabbiy al-Isfahoniydir, Bag‘dodda shayx ul-islom Abu Mansur Nasr al-Xorisiy, Abu Saad ash-Shaqqoniy va boshqalar shular jumlasidandir.

Az-Zamaxshariy Makkada bo‘lganida nahv va fiqh bo‘yicha ilmni Abu Bakr Abdulloh, Al-Xayyatiydan, lug‘at ilmini esa Al-Javoliqiydan o‘rgandi. U hayoti davomida Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod va Shijozda va ikki marta Makkada bo‘ldi.

Olim bu yerda ilmiy ishlarini davom ettirdi, arab tili grammatikasi va lug‘atini hamda mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari va urf-odatlarini chuqur o‘rgandi, mintaqa jug‘rofiyasiga oid xilma-xil ma’lumotlarni to‘pladi.

Adib ko‘p asarlarini Makkada yaratdi. U Makkada besh yilcha yashaydi. Shu boisdan Jorulloh («Allohning qo‘shnisi») degan sharafli nomga muyassar bo‘ladi.

Az-Zamaxshariy arab grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jug‘rofiya, tafsir, hadis va fiqhga oid ellikdan ortiq asar yaratdi, ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan.Arab tilshunosligi va grammatikasining turli tomonlariga oid «Al-Mufassal» asarini bir yarim yil davomida Makkada yozdi. Bu asar Sharq va G‘arbda mashhur hisoblanadi. Olimlar ilmiy qiymmati jihatdan Az-Zamaxshariyning ushbu asarini taniqli arab tilshunosi Sibavayhning arab grammatikasiga oid kitobidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, deb ta’kidlaganlar.

O‘sha davr hatto Shom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimda-kim Az-Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga besh ming kumush tanga pul va sarpo sovg‘a qilishni va’da bergan.

Bir qancha kishilar asarni yod olib, mukofotga ham sazovor bo‘lganligi manbalarda keltirilgan. Bu misol Az-Zamaxshariy asarining o‘sha davrda ham qanchalik yuksak baholanganini ko‘rsatadi.

Xorazmshohlar davrida ilm-fan, madaniyat ancha taraqqiy qilgan. Hukmdorlar, ayniqsa, xorazmshoh Otsiz olimlar, shoiru adiblarga hurmat bilan qarar, o‘zi ham iste’dodli, ma’rifatparvar, adabiyotga qiziqqan, bilimdon odam edi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, Az-Zamaxshariy «Muqaddimat ul-adab» asarini xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsiz nomiga bag‘ishlab yozgan. Asar besh katta qismga bo‘lingan bo‘lib, unda grammatikada otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, ot o‘zgarishlari va fe’l o‘zgarishlari haqida bahs yuritadi.

«Muqaddimat ul-adab» arabchadan fors, chig‘atoy, mo‘g‘ul va turk tillariga tarjima qilingan. Bu asar yaratilgan davridan boshlab bir necha asrlar davomida olimlar, tadqiqotchilar diqqatini o‘ziga tortib kelayotir. U birinchi marta 1706 yili Xo‘ja Is’hoq Afandi tomonidan usmonli turk tiliga tarjima etilgan.

So‘ngra fransuz, nemis va boshqa ko‘plab tillarga o‘girilgan. Parij, Leypsig, Vena, Leydan, qozon shaharlarida, Norvegiya, Misr va Hindistonda bir necha marta chop etilgan.

Nemis olimi Vatzastayn «Muqaddimat ul-adab»ning Yevropo qo‘lyozma fondlaridagi yettita nusxasini qiyosiy o‘rganib, 1850 yili Leypsigda asarning ikki jildlik tanqidiy matnini nashr etgan.

Asarning chig‘atoy tilidagi tarjimasi o‘zbek tili tarixini o‘rganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. Bu haqda Sadriddin Ayniy 1921 yili «Mehnatkashlar tovushi» gazetasiga yozgan maqolasida «Az-Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab» asari o‘zbek tili uchun butun dunyoning xazinasi bilan barobardir», deb yozgan edi.

Az-Zamaxshariy Makka amiri, olim va adib Abul Hasan Ali ibn Hamza ibn Vahhos as-Sulaymon bilan do‘st edi. Ibn Vahhos o‘z mamlakatining jug‘rofiyasi bilan juda yaxshi tanish bo‘lgan. Az-Zamaxshariy ibn Vahhos ma’lumotlariga tayanib, o‘zining Hijozga qilgan safaridan olgan shaxsiy kuzatishlari asosida yozgan «Kitob al-jibol va-l-amkina va-l-miyoh» («Tog‘lar, joylar va suvlar haqida kitob») nomli asarida jug‘rofiy joylar, tog‘lar va dengizlarga doir qimmatbaho ma’lumotlar keltiradi.

Az-Zamaxshariyning bu asari G‘arb olimlari o‘rtasida ham keng tanilgan. 1856 yili gollandiyalik arabshunos olim Salverda de Grave tomonidan mukammal tadqiq qilingan holda nashr etilgan.

Az-Zamaxshariyning «Asos al-balog‘a» («Notiqlik asoslari») asari asosan lug‘atshunoslikka bag‘ishlangan bo‘lib, unda arab tilining fasohati, fikrni chiroyli ibora va so‘zlar bilan ifodalash, so‘z boyligidan ustalik bilan foydalanish uchun kishi fasohat, balog‘at ilmlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi kerakligi haqida so‘z boradi.

Allomaning «Atvoq uz-zahab fi-l-mavoi’z va-l-xutab» («Xutbalar va va’zlar bayonida oltin shodalar») asari ham bo‘lib, u nasihatomuz maqolalar to‘plamidan iborat. Asar 1835 yili olmon olimi Fon Xomir tomonidan nemischaga tarjima qilingan. O‘ttiz yilcha o‘tgach, fransuzchaga tarjima qilinib, 1886 yili Parijda chop etilgan. 1873 yili ham usmonli turk tiliga tarjima qilinib, Istanbulda nashrdan chiqqan…

Bundan tashqari, Az-Zamaxshariyning «Rabi’ul-abror va nusus ul-axyar» —«Ezgular bahori va yaxshilar bayoni», «Al-Kustos fi-l-aruz» — «Aruzda o‘lchov mezon»,«Al-Mustaqso fi-l-amsol» — «Nihoyasiga yetgan masallar» va «Maqomat» — «Maqomlar», «Devon ush-she’r» kabi ko‘plab asarlari jahon ilm ahli diqqat markazida turadi.

Qohiradagi butun dunyoga mashhur Al-Azhar diniy dorulfununining talabalari ham Az-Zamaxshariyning «Al-Kashshof» asari asosida Qur’onni o‘rganadilar.

«Al-Kashshof»ning Toshkentda, jumladan, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniya nazoratining kutubxonasida bir qancha qo‘lyozma nusxalari saqlanadi.

Qarindosh-urug‘larining qistovlariga qaramasdan uylanmagan va oila qilmagan Az-Zamaxshariy ilmiy asarlar yaratish va munosib shogirdlar tayyorlashni barchasidan a’lo deb hisoblagan. Az-Zamaxshariy oxirgi marta Makkadan qaytib, Xorazmda bir necha yil yashaydi va hijriy 538 yili vafot etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Ўзининг бетакрор ижоди, дилларга яқин қўшиқлари ва юксак маҳорат билан ижро этилган жонли чиқишлари орқали миллионлаб мухлислар меҳрини қозонган Рустам Ғоиповга “Ўзбекистон Республикаси халқ артисти” фахрий унвони берилди.

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta таҳлилчилари суперкомпьютерни ишга тушириб, терма жамоаларнинг Жаҳон чемпионатида ғалаба қозониш имкониятларини ҳисоблаб чиқишди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

“Real” zo‘r futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Франциялик машҳур ҳимоячи Иброҳим Конате “Реал”нинг охирги йиллардаги президенти Флорентино Перес ўз лавозимини сақлаб қолган тақдирда “Қироллик клуби” футболчисига айланади.

Hojiakbar Alijonov safdan chiqdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Ҳожиакбар Алижонов машғулотлар жараёнида жароҳат олди.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

Rossiya harbiylari va targ‘ibotchilari ukrainalik raketa ishlab chiquvchilarni nishonga oldi

Ушбу компания раҳбариятининг баёнотларига кўра, улар ракеталар ишлаб чиқиш билан шуғулланади. Киев россияликларнинг бу баёнотига изоҳ бермади

Rossiya Putinning urushdagi "yangi sifat" haqidagi so‘zlaridan keyin Ukraina shaharlariga zarba berdi

Киев ракеталар ва дронлар ҳужумига учраши оқибатида турар жой бинолари ва поликлиника шикастланди.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ҳодиса оқибатида 3, 6, 9 ва 10 ёшли болалар ҳалок бўлган. Маҳалла одамлари кечаси билан болаларнинг мурдасини излашган.

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотларга кўра, тўққиз қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида жойлашган саккизта хонадоннинг том қисми, шифтлари ва ички ҳудуди жами 300 квадрат метр майдонда ёнган.

Ukraina zarbalari ortidan Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 16 yillik minimumga tushdi

Бу кўрсаткич 2009 йилдан бери қайд этилган энг паст даража ҳисобланади.

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Ливан пойтахти Байрутнинг жанубий чеккасида жойлашган Даҳия тумани аҳолиси ҳудудни оммавий равишда тарк этмоқда.

Eron AQSh va Isroil zarba bergan yerosti raketa bazalarining uchdan ikki qismini tikladi

CNN маълумотларига кўра, Эрон АҚШ ва Исроил томонидан нишонга олинган ерости ракета мажмуаларини тез суръатларда қайта тикламоқда.

Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Мазкур заводда турли қурол-яроғларни, жумладан, “ер-ер” таснифидаги тактик ракеталарни ишлаб чиқарилади.

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Жанубий Америка қирғоқлари яқинидаги кемаларга АҚШ томонидан берилган ҳаво зарбалари натижасида 202 киши ҳалок бўлган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.

"Kiyevga o‘lim hukmi chiqarildi"mi?

АҚШ Денгиз пиёдалари корпусининг собиқ разведка офицери ва ҳарбий таҳлилчи Скотт Риттернинг айтишича, Старобельскда содир этилган терактдан сўнг Владимир Зеленский ва Киев режимига мансуб бошқа амалдорлар учун жиддий хавф юзага келган.

"Chegara bilmas shifokorlar": "Ebola virusi tobora xavfli tus olmoqda"

“Эбола иситмаси ўчоғи Итури провинциясида аниқлангани расман эълон қилинганига икки ҳафта бўлганига қарамай, вазият ҳанузгача ўта ташвишли бўлиб қолмоқда ва маҳаллий аҳоли ҳамда олдинги сафда фаолият юритаётган тиббиёт ходимлари учун жиддий хавотир манбаи ҳисобланади”, — дейилади ташкилотнинг расмий сайтида эълон қилинган баёнотда.