Asal Shodiyeva o‘zi ishtirokidagi qaysi filmlarni sevib tomosha qilishini aytdi

Asal Shodiyeva o‘zi ishtirokidagi qaysi filmlarni sevib tomosha qilishini aytdi

Ona bo‘lish arafasida turgan aktrisa Asal Shodiyeva "Instagram"dagi Stories orqali muxlislarining savollariga javob berdi. Xususan, u o‘zi suratga tushgan qaysi filmlarni sevib tomosha qilishi haqida aytdi.

Asalning aytishicha, o‘zi ishtirokidagi «Janob hech kim», «Hay hay qizaloq» hamda «Islomxo‘ja» filmlarini qayta-qayta tomosha qiladi.

Aktrisaning muxlislaridan biri «Aytishlaricha, siz EKO yordamida homilador bo‘lgan ekansiz, shu rostmi?» — deya savol berdi.

«Yo‘q, bu noto‘g‘ri ma’lumot, men homiladorlik paytida hatto vitaminlar ham ichganim yo‘q», — deydi aktrisa. Shuningdek, u sun’iy urug‘lantirish orqali homilador bo‘lishga qarshi emasligini ham bildirdi.

«Sizni qachon kinolarda ko‘ramiz?» degan savolga u «Yangi serialda ko‘rishingiz mumkin», deb javob berdi.

Asalning yozishicha, homiladorlik davrida uning qo‘l va oyoqlarida shish kuzatilmoqda.

«Shuning uchun na’matak damlamasini ichyapman», — deydi Asal.

«Karantin tamoman tugaganidan keyin nima qilasiz?» deb so‘radi aktrisadan muxlisi.

«Bolalar xonasiga ko‘chib o‘taman va tagliklarda cho‘milaman», — dedi Asal Shodiyeva.

Avvalroq aktrisa baxti va orzusi haqida aytib o‘tgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!