Armanistonda Rossiyaning "Mir" bank kartalari bilan operasiyalar to‘xtatiladi

Armanistonda Rossiyaning "Mir" bank kartalari bilan operasiyalar to‘xtatiladi

Moliyaviy tashkilotlar 30 martdan boshlab kartalar orqali to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatadi. Faqat istisno tariqasida "VTB" bankning mamlakatdagi sho‘basi "VTB Armaniston" tomonidangina "Mir" bank kartalaridan foydalanish davom ettiriladi.

Cheklovlar joriy yilning fevral oyida AQSh tomonidan Rossiyaning "Milliy to‘lov kartalari tizimi" ("Mir") operatoriga nisbatan qabul qilingan sanksiyalar sababli kiritilmoqda.

Armanistondan tashqari Qozog‘iston, Belarus, Venesuela, Vetnam, Abxaziya va Janubiy Osetiyada ham "Mir" kartalaridan foydalanishga cheklovlar joriy qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!