Armaniston Turkiya bilan munosabatlarni tartibga solmoqchi

Armaniston Turkiya bilan munosabatlarni tartibga solmoqchi

Armaniston Turkiya bilan munosabatlarni normallashtirmoqchi, biroq koridor (Ozarbayjonni Turkiya bilan bog‘laydi) masalasini muhokama qilmaydi. Bu haqda Bosh vazir Nikol Pashinyan onlayn matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston turk dunyosi ichiga yorib kirdi va bu turk dunyosining bir qismi - Armanistonning KXSHTdagi hamkorlari, degan fikr bor.
Tushunmayapman, nima uchun koridor berish masalasini muhokama qilishimiz kerak. Uch tomonlama bayonotda (Armaniston, Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari) koridor haqida bir og‘iz ham so‘z yo‘q, gap kommunikasiya haqida ketmoqda

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozir barcha chegaralar va kommunikasiyalarni ochish ustida ishlash lozim. Biroq, Turkiya “mafkuraviy dushmani bo‘lib qolayotgani” Yerevanni xavotirga soladi. Shu bois Anqara “ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish tarafdori ekanini so‘zda emas, amalda ko‘rsatishi kerak”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!