Armaniston tinchlik shartnomasini yakunlash uchun Ozarbayjon bilan uchrashishga tayyor

Armaniston tinchlik shartnomasini yakunlash uchun Ozarbayjon bilan uchrashishga tayyor

“Armaniston tinchlik shartnomasini yakunlash uchun Ozarbayjon bilan uchrashishga va Janubiy Kavkazdagi xavfsizlik holatini yaxshilash uchun amaliy choralar ko‘rishga tayyor”.

Bu haqda Armaniston matbuoti xabariga ko‘ra, mamlakat tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Skopyeda bo‘lib o‘tgan YEXHT mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qilgan.

Diplomatning eslatishicha, Armaniston muayyan tamoyillar asosida tinchlik bitimi tuzish tarafdori: Boku va Yerevan tomonidan bir-birining hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olish; MDH tamoyillari va maqsadlari to‘g‘risidagi 1991 yildagi Olmaota deklarasiyasi asosida chegaralarni delimitasiya qilish va keyin demarkasiya qilish; mintaqada mamlakatlarning suvereniteti, yurisdiksiyasi, qonunchiligi, tengligi va o‘zaro munosabatini tan olish asosida aloqalarni ochish.

“Armaniston tomoni sanab o‘tilgan tamoyillarga sodiqligini tasdiqlaydi va bu yo‘nalishda amaliy qadamlar qo‘yishga tayyorligini namoyish etadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!