Argentina tashqi ishlar vaziri aprel oyi oxirida Xitoyga rasmiy tashrif bilan boradi. Maqsad nima?

Argentina tashqi ishlar vaziri aprel oyi oxirida Xitoyga rasmiy tashrif bilan boradi. Maqsad nima?

Argentina tashqi ishlar vaziri Diana Mondino 28-30 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi va u yerda hamkasbi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Bu haqda Argentina tashqi ishlar vazirligi e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilingan.

“28-30 aprel kunlari Argentina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Xitoyga tashrif buyuradi, jumladan, savdoni rivojlantirish va investorlar bilan muloqot qilish bo‘yicha keng ko‘lamli rasmiy uchrashuvlar dasturi tashkil etiladi”, — deyiladi diplomatik departament xabarida.

Ular qo‘shimcha qilishlaricha, Mondino "iqtisodiyotning turli sohalaridagi tadbirkorlarning keng delegasiyasi" hamrohligida Shanxay va Pekinga tashrif buyuradi va u erda Argentinadagi sarmoyaviy imkoniyatlarni ilgari surish bo‘yicha forumlarda ishtirok etadi.

Argentina TIV rahbari Van I bilan uchrashuvda “ikki tomonlama manfaatdor asosiy masalalarni tahlil qilish” niyatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!