AQShni Bayden emas, balki uning atrofidagi «yovuz, aqlli» odamlar boshqaradi — Tramp

AQShni Bayden emas, balki uning atrofidagi «yovuz, aqlli» odamlar boshqaradi — Tramp

Amerika Qo‘shma Shtatlarini hozirgi prezident Jo Bayden emas, balki uning atrofidagi «yovuz, aqlli» odamlar boshqaradi, deydi Amerikaning avvalgi rahbari Donald Tramp.

«Men har doim bu o‘zimi deb o‘ylayman, chunki u doimo yo‘qdek ko‘rinadi. Bu u ekanligiga ishonchim komil emas. Bilaman, u ma’qullashi kerak, ular biror narsa qilish mumkinmi, deb so‘rashlari kerak, lekin u ularga beparvo qaraydi va rozi bo‘ladi», deydi Tramp amerikalik teleradio boshlovchisi Sebastyan Gorkiy podkastiga bergan intervyusida.

Amerikaning sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlarini Baydenning atrofidagi «yovuz, aqlli» odamlar boshqaradi, hozirgi prezidentning o‘zi esa imkon qadar tezroq uxlashni xohlaydi.

Oldinroq, Donald Tramp Jo Baydenni Putin va Szinpinning qo‘lidagi qo‘g‘irchoq, degandi.

U AQShning amaldagi rahbarining Rossiya va Xitoyga qarshi kurashayotgani haqidagi bayonotini rad etib, «prezident Vladimir Putin va rais Si Szinpin Baydenni mohirona manipulyasiya qilmoqda», dedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!