AQShlik yengilmas bokschi 24 yoshida vafot etdi

AQShlik yengilmas bokschi 24 yoshida vafot etdi

Amerikalik professional bokschi Trevell Mezion yo‘l-transport hodisasida vafot etdi. Bu haqda TMZ xabar berdi.

Mag‘lubiyatsiz sportchi 24 yoshga to‘lgandi. Avtomashinasida ketayotgan bokschi Nissan Sentra avtomashinasiga urilgan. Keyin Honda bilan to‘qnashgan. Bokschi voqea joyida vafot etdi. Yana bir jabrlanuvchi – 61 yoshli Honda haydovchisi olgan jarohatlari natijasida kasalxonada jon berdi.

Polisiya ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan mazkur falokatni tekshirmoqda.

Mezion o‘zining so‘nggi jangini 58 soniyada yakunlagandi. U Fernando Kastanedani 2020 yilning yanvarida nokautga uchratdi. Professional boksda amerikalik mag‘lubiyatni bilmas edi. Uning hisobida 17 jangda 17 g‘alaba bor edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!