AQShda o‘zbekistonlik fuqaro sobiq xotinini o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro sobiq xotinini o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi

AQShda o‘zbekistonlik erkak sobiq xotinini otib o‘ldirdi, keyin o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Philadelphia Inqurier nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 16 mart kuni Filadelfiya chekkasidagi Xantington okrugida Montgomeri okrugida yashovchi 44 yoshli erkak o‘zining sobiq rafiqasi 43 yoshli Durdona Sultonovani otib o‘ldirgan. Jinoyat sodir etganidan ko‘p o‘tmay, erkak o‘z joniga qasd qildi.

Manbaga ko‘ra, 17 mart kuni soat 16:38 atrofida Moreland polisiyasiga aholidan 911 raqamiga qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Jinoyat sodir etilgan xonadonning qo‘shnilari 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, voqea haqida ma’lum qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari xonadon yotoqxonasidan Sultonova Durdona va erkakning jasadlarini topishgan.

Sultonova ko‘krak va bosh qismidagi ko‘plab o‘q jarohatlari natijasida vafot etgan. Erkak esa bosh qismidagi o‘qdan yaralanganidan vafot etdi, deya xabar beradi rasmiylar.

Tuman sudi bu holatni rasman qotillik deb baholadi va jinoiy ish ochdi.

Ma’lum qilinishicha, marhum Durdona Sultonova Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan, keyinroq Yaponiyada magistraturada tahsil olgan. Keyin u oilasi bilan AQShga ko‘chib o‘tdi. Ularning ikki nafar farzandi bor edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!