AQShda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 570 kishiga yetdi

AQShda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 570 kishiga yetdi

Xalqaro ta’lim bo‘yicha Open Doors tashkilotining 2018 yil hisobotiga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi xalqaro talabalar soni uchinchi yilki, bir milliondan oshib, 1,5 foizga o‘sdi va 1 094 792 kishini tashkil etdi. Bu haqda "daryo.uz" O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

AQShda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni o‘tgan yilgidan 12,9 foizga oshib, 570 nafarni tashkil etgan. Ularning qariyb 50 foizi bakalavr, qolganlari magistrlik yoki ingliz tili o‘rganish kabi daraja bermaydigan dasturlarda o‘qimoqda.

Xalqaro ta’lim instituti va AQSh Davlat departamenti Ta’lim va madaniyat masalalari byurosi 13 noyabr kuni e’lon qilgan Open Doors 2018 hisoboti xalqaro ta’limning AQSh oliy ta’lim tizimiga ta’sirini e’tiborga olib, 2017/18 yillarda Qo‘shma Shtatlardagi xalqaro talabalar hamda 2016/17 yillarda chet elda o‘qishga qabul qilingan amerikalik talabalar soni va sohasi haqida ma’lumot beradi.

AQSh dunyodagi xalqaro talabalar eng ko‘p ta’lim olayotgan mamlakat bo‘lib qolmoqda. AQSh Savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro talabalar o‘qish puli, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari orqali 2017 yilda AQSh iqtisodiga 42,4 milliard dollar foyda keltirdi.

«Amerikaliklar bilan birgalikda ta’lim olayotgan xalqaro talabalar Qo‘shma Shtatlar uchun ulkan hissadir, — dedi Davlat kotibining ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mari Roys. — Biz eng qiyin muammolarimizni hal qila oladigan yetkachilarni yetishtirishimiz kerak. Biz xavfsizligimiz va yanada farovonligimizni ta’minlashda tegishli yechimlar topa oladigan odamlarga muhtojmiz. Shuni ta’kidlashni istardikki, xalqaro ta’lim bizga mamlakat sifatida kuchliroq bo‘lishimizga yordam beradi.»


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!