AQShda Oyning bir bo‘lagi sotildi. Narxi qanchaligini bilasizmi?

AQShda Oyning bir bo‘lagi sotildi. Narxi qanchaligini bilasizmi?

AQShning Boston shahrida Oydan Yer yuziga tushgan meteorit kimoshdi savdosida sotildi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr».

Olti parchadan iborat 5,5 kilogrammli Oy meteoriti «RR Auction» auksion savdo uyida 612,5 ming dollarga sotildi.

Aytilishicha, meteorit Yer yuziga tushganidan so‘ng namlik tufayli uning ust qismi yorilgan.

Noyob tosh boshqa meteoritning urilishi natijasida Oy sathidan ancha uzoq vaqt oldin ko‘chgan. Shundan so‘ng olti million km. masofani uchib o‘tib, Yerga tushgan. Samo jismi 2017 yili Movritaniyada topilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!