AQShda musulmonlarning 70 foizi Jo Baydenga ovoz bergan

AQShda musulmonlarning 70 foizi Jo Baydenga ovoz bergan

Ma’lum bo‘lum bo‘lishicha, AQShda 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida bir milliondan ortiq musulmonlar ishtirok etgan va ularning deyarli 70 foizi demokratik partiya nomzodi Jo Baydenga ovoz bergan.

Amerika islom aloqalari kengashi tomonidan o‘tkazilgan ushbu so‘rovnoma seshanba kungi saylovlarda AQShdagi musulmon saylovchilari soni «rekord darajada» bo‘lganini ko‘rsatdi. Unga ko‘ra, musulmonlar ovoz beradigan 844 ta saylov uchastkasidan 84 foizida ushbu siyosiy jarayon bo‘lib o‘tgan.

“Amerika islom aloqalari kengashi saylovda qatnashgan bir milliondan ortiq musulmonlarga minnatdorchilik bildiradi. Ular o‘zlarining ishtiroki bilan rekordni yangilashdi” deydi kengashning ijrochi direktori Nihad Avad.

Amerika Islom aloqalari kengashi mazkur so‘rovnoma mustaqil avtomatlashtirilgan qo‘ng‘iroqlar yordamida o‘tkazilganligini ma’lum qildi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilarga ikkita savol berilgan:  Siz Prezident saylovida ovoz berdingizmi?Qaysi nomzodga ovoz berdingiz?

Musulmonlar ushbu saylovda muhim rol o‘ynashi kutilgan edi. Ayniqsa,  ko‘plab arab millatiga mansub musulmonlar yashaydigan Michigan shtatida ularning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblangan.​​​​​


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!