AQShda koronavirus qurbonlari soni 100 mingdan oshdi

AQShda koronavirus qurbonlari soni 100 mingdan oshdi

AQShda koronavirusdan vafot etganlari soni 100 mingdan oshdi. Bundan Worldometeres servisi ma’lumotlari darak bermoqda.

Servisning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda epidemiya boshidan beri 1,7 mlndan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, ulardan 100103 nafari uning qurboni bo‘lgan. Ta’kidlab o‘tish joiz, AQSh koronavirusga chalinganlar va undan vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turibdi. 

Shuningdek, koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Britaniya 2-o‘rin (37048 o‘lim), Italiya 3-o‘rinni (32955 o‘lim) egallagan.. 

Avvalroq Braziliya koronavirusdan bir kun ichida vafot etganlar soni oshishi bo‘yicha dunyoda “etakchi”ga aylangani ma’lum qilingandi. AQSh prezidenti Braziliyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irligi sababli, ushbu mamlakatga oxirgi 2 hafta ichida tashrif buyurgan xorijliklarga AQShga kirishni taqiqlab qo‘ydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!