AQShda Donald Trampning porno-yulduzga to‘lagan mablag‘i bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

AQShda Donald Trampning porno-yulduzga to‘lagan mablag‘i bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

15 aprel kuni Nyu-Yorkda AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga nisbatan birinchi jinoiy sud jarayoni boshlandi, deya xabar beradi Kazinform agentligi CNNga tayanib.

Sud binosi yonida yuzdan ortiq jurnalist to‘plangan. Sud majlisida Trampning o‘zi ishtirok etdi.

U matbuotga qisqa bayonot berib, sud jarayoni jodugar ovidan boshqa narsa emasligini yana bir bor takrorladi.

Tramp 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi uchun yig‘ilgan mablag‘larni noqonuniy sarflagani, hujjatlarni soxtalashtirgani va porno-yulduz Stormi Deniyelsga 130 ming dollar to‘lagani uchun sud qilinayotganiga qaramay, bu yil Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurashmoqda. Tramp ishida 34 epizod mavjud.

Tramp o‘zi g‘alaba qozongan 2016 yilgi prezidentlik saylovi oldidan porno-aktrisa Stormi Deniyelsga 130 ming dollar to‘laganini yashirishga uringanlikda ayblanmoqda. To‘lovning o‘zi qonunbuzarlik emas, biroq Tramp o‘z advokatiga sarflagan pullarini qoplaganida, bu yuridik to‘lovlar uchun to‘lov sifatida hujjatlashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!