AQShda benzin narxining rekord darajada oshishini to‘xtatish choralari qidirilmoqda

AQShda benzin narxining rekord darajada oshishini to‘xtatish choralari qidirilmoqda

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatda benzin narxining rekord darajada oshishini to‘xtatish uchun neft kompaniyalarini ishlab chiqarish hajmini oshirishga chaqirdi.

Jo Bayden ExxonMobil, Chevron, BP va Shell kabi kompaniyalarga maktub yo‘lladi. Ular mamlakatning eng yirik neft yetkazib beruvchilaridir.

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri (24 fevral) mamlakatda benzin narxi o‘rtacha 1,70 dollarga oshganiga e’tibor qaratgan Bayden, Amerika xalqining boshidan kechirgan moliyaviy qiyinchiliklardan Rossiya prezidenti Vladimir Putin javobgar ekanini ta’kidladi.

Bu jarayonda neftni qayta ishlash zavodlarining daromadi rekord darajada oshishi jamoatchilikka iqtisodiy bosimni oshirganini ta’kidlagan Bayden, "Kompaniyalaringiz uchun neft, dizel yoqilg‘isi va boshqa neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish va yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rish imkoniyati hali ham mavjud",-dedi.

Bayden tez orada barcha federal vakolatlarini neftni qayta ishlash quvvatlarini oshirish uchun sarflashini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!