AQSh va Hindiston o‘rtasida 19 harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

AQSh va Hindiston o‘rtasida 19 harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Hindiston o‘rtasidagi 19 harbiy mashg‘ulot Alyaska shtatida boshlandi. Bu haqda Hindiston Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mashg‘ulotlar 25 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar davom etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, BMT mandatiga muvofiq, o‘quv mashg‘ulotlari jadvali tinchlikni saqlash bilan bog‘liq barcha operasiyalar, shuningdek, gumanitar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.

2022-yilda AQSh va Hindiston Xitoy bilan chegaradan yuz kilometr uzoqlikda, Uttarakxand shtatida joylashgan Auli qishlog‘i hududida “Yud Abxyas” harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!