AQSh Saudiya Arabistoniga hujum qurollarini sotishga qo‘yilgan taqiqni bekor qiladi

AQSh Saudiya Arabistoniga hujum qurollarini sotishga qo‘yilgan taqiqni bekor qiladi

Prezident Jo Bayden ma’muriyati Ar-Riyodga hujum qurollarini sotishga qo‘ygan taqiqni bekor qiladi, deb xabar qildi Reuters.

Bu harakat Isroilning qamal ostidagi G‘azo sektoriga qarshi 10 oy davom etgan urushi fonida amalga oshirildi va bu qirg‘in hozirgacha 40 000 ga yaqin insonning, asosan bolalar va ayollarning hayotiga zomin bo‘ldi.

AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga ayrim «havodan-erga» o‘q-dorilarning yuborilish ta’qiqini bekor qildi, deya tasdiqladi yuqori martabali departament.

«Biz qurol-yarog‘larni yuborish bo‘yicha an’anaviy siyosatga mos keladigan har bir holatda yangi transferlarni ko‘rib chiqamiz», — deya qo‘shimcha qildi rasmiy.

Kongress yordamchisining Reutersga aytishicha, ma’muriyat shu hafta Kongressga qaror haqida ma’lumot bergan.

Bayden ma’muriyatining yuqori martabali mulozimlaridan biri Reuters agentligiga «Saudiyaliklar kelishuvni yakunladilar va biz o‘zimiznikini yakunlashga tayyormiz» dedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!