AQSh Moliya vazirligi defoltning oldini olish bo‘yicha muzokaralarda taraqqiyot borligini aytdi

AQSh Moliya vazirligi defoltning oldini olish bo‘yicha muzokaralarda taraqqiyot borligini aytdi

AQSh G‘aznachilik kotibining birinchi o‘rinbosari Adevale Adeyemoning aytishicha, qarz shiftini oshirish bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishilmoqda.

“Taraqqiyot bor. Bizning vazifamiz kelishuvga erishishdir, chunki defoltga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

23 may kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer defolt e’lon qilinsa, Qo‘shma Shtatlar uchun iqtisodiy oqibatlar haqida gapirgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyati davlat qarzining chegarasi bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvga erishmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!