AQSh Kongressining Vakillar palatasi TikTokni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Kongressining Vakillar palatasi TikTokni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Kongressining quyi palatasi TikTok ijtimoiy tarmog‘i Amerika kompaniyasiga sotilmasa, uni taqiqlash uchun ovoz berdi.

AQSh Kongressining Vakillar palatasi mamlakatda TikTok ijtimoiy tarmog‘ini taqiqlash ehtimoli haqidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Qonunchilar ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasiga uni sotish uchun olti oy vaqt berishni taklif qilmoqda.

Tashabbus platformaning Xitoy tomonidan nazorat qilinadigan har qanday tashkilot bilan aloqalarini buzishga qaratilgan. Qonun loyihasini 352 deputat qo‘llab-quvvatladi, 65 nafari qarshi chiqdi. Endi hujjat Senatga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

Prezident Jo Bayden avvalroq qonun loyihasi parlament a’zolari tomonidan ma’qullansa, uni imzolashini aytgan edi, deb xabar beradi ru.euronews.com.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!