AQShda O‘zbekistonlik harbiylar "Ilg‘or jangchi" deb topildi

AQShda O‘zbekistonlik harbiylar "Ilg‘or jangchi" deb topildi

Joriy yil 19-24 aprel kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missisipi shtatidagi “Camp Shelby” harbiy o‘quv bazasida  o‘tkazilgan “Ilg‘or jangchi” musobaqasining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar bermoqda.

Marosimda Misissipi shtatidagi Qurolli Kuchlar tuzilmalari vakillari, faxriylar va musobaqa ishtirokchilari qatnashdi.

Unda so‘z olganlar joriy yilgi musobaqalarning avvalgilariga nisbatan yanada qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tganligini ta’kidlab, mehmon sifatida ishtirok etgan O‘zbekistonlik harbiylarning bilimi, mahorati, jasurligi va shijoatini e’tirof etishdi.

AQSH, "Ilg‘or jangchi": o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar yana g‘olib!AQSH, "Ilg‘or jangchi": o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar yana g‘olib!
  
- Biz uchun an’anaga aylangan ushbu musobaqada o‘zbekistonlik hamkasblarimiz ikkkinchi marotaba ishtirok etishmoqda. Tan olib aytamanki, bu safar ham ular nafaqat jismoniy, balki jangovar va aqliy tayyorgarlik, qurol-aslahani bilishda ham yaqqol ustunlikka ega bo‘ldi. Bu esa bizning serjantlarimizni o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga undaydi, – dedi Missisipi shatati Milliy gvardiyasi serjantlar qo‘mondoni serjant-mayor Kristofor Yong.

Shundan so‘ng tashkilotchilar tomonidan O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar III darajali serjant Dilmurod Sulaymonov hamda kichik serjant Xayrulla Olimovga musobaqa g‘oliblari uchun beriladigan “Ilg‘or jangchi” mukofoti va ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada ishtirok etgan harbiy xizmatchilarimiz 2019 yilda ham I o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

G‘olib harbiy xizmatchilar 27 aprel kuni O‘zbekistonga yetib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!