AQSh harbiy-havo kuchlarining uchuvchisiz samolyoti Polshaga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

AQSh harbiy-havo kuchlarining uchuvchisiz samolyoti Polshaga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

AQSh harbiy-havo kuchlariga qarashli MQ-9 Reaper uchuvchisiz uchoqi Polshaning shimoli-g‘arbiy qismida Miroslaves yaqinida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.

Bu haqda Polsha qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligi ma’lum qildi.

“Qo‘nish tartib-qoidalarga muvofiq, o‘rab olingan, aholi yashamaydigan hududda amalga oshirildi”, — deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Qayd etilishicha, uchuvchisiz uchoq qo‘ngan joy tegishli xizmatlar tomonidan o‘rab olingan, harbiy jandarmeriya tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!