Aql uchun jang: G‘olib va mag‘lublar

A A A
Aql uchun jang: G‘olib va mag‘lublar

Kecha o‘qiganim Ilya Varlamovning navbatdagi blogposti menga yoqib qoldi va uni tarjima qilishga qaror qildim.

***

Avvallari urushlar hududlar uchun bo‘lar edi. XX asrda urushlar asosan resurslar uchun bo‘ldi. Yigirma birinchi asrda esa urush aql uchun bo‘lmoqda. Ochig‘i: Qrim qaytgani umuman ahamiyatsiz. Putin Kuril orollarini qaytarib beradimi, yo‘qmi, ahamiyatsiz. Hatto Alyaskani qaytarib olganimizda ham, global hech narsa o‘zgarmaydi. So‘nggi inqiroz ko‘rsatdiki, neft va boshqa resurslar ham ahamiyatsiz ekan. Mana bizda resurslar bisyor. Xo‘sh ularni nima qilamiz? Nonga neft surtib yeymizmi? Neft narxi tushib ketdi, tamom, byudjet qiynaladi, hammaning kayfiyati tushkun…

Dunyoda Singapur degan davlat bor, kattaligi Moskvacha. Iqtisodiyoti dunyodagi eng ochiq va korrupsiyadan holi mamlakat. Doimo iqtisodiy erkinlik reytinglarida yetakchi o‘rinlarda. Narxlar barqaror, YAIM esa jon boshiga dunyodagi eng yuqorilaridan biri. Singapurda yer va resurs umuman yo‘q. Hatto suvni ham Malayziyadan sotib olishadi. Lekin, mahalliy aholi turmush darajasi yuqori. Qolaversa, dunyoning turli chekkalaridan odamlar u yerga ishlash uchun borishadi. Yoki Yaponiya. Hududi ham katta emas, resurslarga ham boy emas. Lekin dunyodagi eng kuchli iqtisodiyotlardan biri. Yaqingacha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda edi. Eng zo‘r texnika, eng zo‘r avtomobillar… Aytmasam ham bilasiz.

Zamonaviy dunyoda muhimi aql. Ishlash va yashash uchun qulay sharoit yaratgan davlat g‘olib chiqadi. Zamonaviy odamlar mobil va bilimli. Madaniy to‘siqlar deyarli yo‘q. XIX yoki XX asrda boshqa davlatga ko‘chib o‘tish jiddiy qadam va og‘ir hayotiy sinov edi. Bugun ko‘chish kichik stress, yoshlar uchun esa umuman oddiy ish. Zamonaviy texnologiyalar sizga dunyoning istalgan nuqtasida o‘zingizni uydagidek his qilish imkonini beradi. Atrofingizdagi odamlar bilan aloqa uzilmaydi. Moskvada ham va Nyu Yorkda ham bitta ilova orqali taksi chaqirasiz, sevimli kofeingizni o‘sha tanish “Starbaks”da ichasiz. Avval yangi joyda yashash yangi hayot boshlash degani edi. Hozir bir-ikki «klik» orqali ish topish, ikki «klik» orqali bilet olish, yana ikki «klik» bilan kvartira topib dushanba kuni Londonda ishga chiqish mumkin. Yoshlar uchun chegaralar mavjud emas. Yoshlar uchun Londonga borish Omskka borishdan osonroq. Yoshlar qaysi joy yaxshi va qulay bo‘lsa, o‘sha joyni tanlaydi.

Men sinfdoshlarim bilan doimiy aloqada emasman. Yaqinda ularning hayoti qanday kechayotgani bilan qiziqib ko‘rdim. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ularni izladim. Barcha iqtidorli va iste’dodlilari ko‘chib ketishgan. Kimdir AQSH, kimdir Yevropa, yana kimdir Isroilga. Bu – muammo. Ular Rossiyada qolishlari mumkin edi, lekin, ular ketishdi.

Har yili Kremniy vodiysiga borishga harakat qilaman va u yerdagi bizning yoshlar bilan ko‘rishaman. Ketishgan, chunki u yerda imkoniyat ko‘p. Chunki u yerda biznesingni tortib olishmaydi. Chunki u yerdagi sud kimningdir qo‘ng‘irog‘i orqali qaror chiqarmaydi. Bunaqa katta va kichik misollar ko‘p. Kimdir, bu yerda hech kimga keragi yo‘qligini bilib, AQSh tog‘ chang‘ichilariga murabbiylik qilyapti, kimdir dunyoning yetakchi kompaniyalarida biz har kuni ishlatayotgan ilovalar ustida ishlashmoqda. Bu – Rossiyaning mag‘lubiyati.

Biznesi tortib olingani sabab chetga ketgan Durov – Rossiyaning mag‘lubiyati. AQShda yashab, o‘sha yerda shug‘ullanadigan Rossiya iftixori Mariya Sharapova – Rossiyaning mag‘lubiyati. Ha, u rasman Rossiya fuqarosi. Lekin u AQSh iqtisodi uchun ishlayapti. O‘z murabbiylik maktabini AQShda qurmoqda. Bu ro‘yxatni mening yordamimsiz ham bemalol o‘zingiz uzoq davom ettira olishingizga ishonchim komil.

Bunday mag‘lubiyatlar, masalan, biror hududni boy berganimizchalik, yaqqol ko‘rinmaydi. Hududni xaritada ko‘rsatish mumkin. Boy berilgan aqllarni esa xaritadan ko‘rsatib bo‘lmaydi. Lekin bunday mag‘lubiyatlar davlat uchun siz o‘ylagandan ko‘ra og‘riqliroq.

Bugun odamlar Amerika va Yevropa samoletlarida uchishyapti, yapon va olmon avtomobillarida yurishibdi. Biz esa hattoki oddiy stanok ham chiqara olmaymiz. Ha, ishonmasligingiz mumkin, lekin, istalgan zamonaviy korxonaga boring, u yerda birorta Rossiyada ishlab chiqarilgan dastgoh ko‘rmaysiz. Yaqinda mudofaa vazirligi tasarrufidagi sanksiyaga tushgan zavodlarimizdan birining zamdirektori bilan suhbatlashdim. Aytishicha, chet el banklaridan kredit olish imkoniyati yo‘qolgani uncha qo‘rqinchli emas, pul topish mumkin, yomon tarafi – yuqori aniqlikda ishlovchi stanoklar sotib olishga ulgurishmagani. Chunki bu stanoklarsiz zamonaviy qurol ishlab chiqarish imkonsiz.

“Bulava” va “Iskander”lar bilan ko‘kragimizga qanchalik urmaylik, odamlarni boy beryapmiz. Kosmosga uchishi mumkin bo‘lgan, shaharlarimizni boshqaradigan odam yo‘q.

Dumada o‘tirgan “aqllilar” esa kim ko‘proq ahmoqona qonun o‘ylab topish bo‘yicha musobaqalashishmoqda. “Xalq ko‘chib ketyapti? Keling, chiqish vizalarini joriy etamiz! Chetdagi hisob raqamlarga taqiq qo‘yamiz. Ikki fuqarolik olishni ham cheklaymiz!” Har bir shunga o‘xshash tushabbus ortidan yana bir guruh yuklarini yig‘ishtirib, bir tomonga bilet oladi va Rossiyani tark etadi.

 Kecha qaysidir jurnalist telefon qilib yana bir shunday tashabbus bo‘yicha fikrimni so‘radi. Har bir messendjerga, hech kim yozishmalarida qonunni buzmasligi uchun, foydalanuvchilarni identifikasiya qilish majburiyatini yuklashmoqchi ekan. Bu tashabbus maqolalarga fikr bildirish funksiyasi bor saytlarga ham taalluqli. Bu haqida nima ham deb o‘ylashim mumkin?! Hech narsa. O‘ylashimcha, yana bir guruh Rossiyani sevuvchi, shu yerda yashash va ishlashni istagan iste’dodli va tadbirkor yoshlar AQSh yoki Yevropaga ishlash uchun ravona bo‘lishadi. Chunki hech kim ertaga FSB yoki roskomnadzordan kelgan biror “aqlli” biznesini bir soniyada yopib qo‘yishini istamaydi. Chunki Rossiyada Vikipediyadagi bir bezarar maqola uchun kuniga millionlab odam kiradigan saytni yopish haqida hukm chiqaradigan sudlar, bu hukmni ijro etishga tayyor roskomnadzor bor. Qayerdadir esa bo‘lajak Stiv Jobs va Ilon Mask “Rossiyada yangi loyiha boshlashdan ma’no bormi o‘zi?” deb o‘ylanib qoladi.

Har bir bir tomonga olingan bilet – Rossiyaning mag‘lubiyati.

Ertaga FSB hammaning zagranpasportini to‘plab olib, Rossiya chiqish vizalarini joriy qilib, chegaralarni yopib qo‘yganida ham, amalda deyarli hech narsa o‘zgarmaydi. Chunki zamonaviy davlat uchun faqatgina o‘z fuqarolarining o‘z-o‘zini realizasiya qilish imkoniyati borligi emas, yangi qon kelishi ham juda muhim. Kim dunyoning eng zo‘rlarini jamlay olsa, o‘sha eng zo‘rlar kelib, o‘sha yerda ishlashni xohlaydigan sharoit yarata olsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi. AQSH, Yevropa va Xitoydagi istalgan muvaffaqiyatli loyiha – bu o‘sha sohaning eng zo‘rlaridan iborat, turli joydan kelgan mutaxassislar guruhidir. Bu IT-startap bo‘ladimi yoki katta adron kollayder. Va bu borada Rossiya hech narsa taklif qila olmaydi.

Barcha rivojlangan davlatlar hozir kim ko‘proq aqllarni o‘ziga jalb qilish uchun kurashmoqda. Bu kurashga Xitoy ham qo‘shilgan. Avvallari ular hamma narsaning nusxasini yaratish bilan shug‘ullanar edi, endilikda Xitoy shunchaki fabrika rolini bajarishga rozi emas. Va buning uchun sharoit yaratilmoqda. Natijada ishlash va biznes yuritish uchun Xitoyda kelishmoqda.

G‘amgin nuqtada yakunlashni istamagan edim. Lekin hozircha Rossiya aqlli, iste’dodli odamlar bu yerga kelib ishlashni istashi uchun sharoit yaratayotganini ko‘rmayapman. Gap pul uchun hattoki Somali fuqaroligini olishga tayyor qariya aktyor va qo‘shiqchilar haqida emas. Men aqllar haqida gapiryapman. Yangi mahsulot yaratadigan, bizneslarni rivojlantiradigan, koinotga raketa uchiradigan, shaharlarimizni boshqaradigan odamlar haqida. Ular esa yo‘q.

Uchinchi jahon urushi – yadro qurollari, robotlar, lazerlar bilan bo‘ladigan jang emas. Bu aqllar uchun kechadigan jang. Bu jang allaqachon boshlangan. Va hozircha Rossiya mag‘lubiyatga uchramoqda.

***

Nega aynan bu maqolani tarjima qilishga qaror qildim? Chunki, biz uchun Rossiya har narsada namuna bo‘lishiga o‘rganib qolganmiz. Rossiyaga intilamiz. Rossiya boshqa rivojlangan davlatlardan qanchalik ortda qolganini bilsak, balki bizning hozirgi ahvolimiz qay darajada ekanini his qilarmiz?! Bizning ahvolimiz — Rossiyaga borib ko‘cha tozalash, teplisada ishlash va hokazo qora ishlar. Bizning ahvolimiz – hech qanday shart-sharoit yaratilmagan joyda ham ishlashga va oqibatda tiriklayin yonib ketishga tayyor va majbur voyaga yetmagan qizlar. Odamlar uydan ko‘ra, o‘lim havfi ostida bo‘lsa ham, Rossiyani afzal bilishayotgani ahvolimiz naqadar harobligining isbotidir. Shu qadar harobki, biz nafaqat aqllilar uchun kurashda (bunday mahsulot yaratmay qo‘yganmiz), balki oddiy mehnat kuchi kurashida ham mag‘lub bo‘lmoqdamiz.

Tarjimon Shermuhammad ABDUG‘OFUROV,

Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Dollar va yevro keskin ko‘tarildi

Марказий банк 2025 йил 13 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Yurtimizda yana bir poraxo‘r amaldor qo‘lga tushdi!

Унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ukraina kutilmaganda havo jangida g‘alaba qozondi: F-16 Rossiyaning Su-35 samolyotini urib tushirdi

Украина ҳаво жангида тарихий ғалабага эришди: тарихда биринчи марта Ғарбий F-16 қирувчиси Россиянинг Су-35 Фланкер самолётини уриб туширди.

“Keling, shunday kelishaylik: Biz Ukrainada bunday raketalarni ma’lum miqdorda joylashtiramiz"

АҚШ 2021 йилда Россиянинг Украина бетарафлигини эълон қилиш таклифидан бош тортган

Dollar kursida shiddatli pasayish kuzatildi

Марказий банк 2025 йил 10 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Kreml "yonmoqda" - Serbiya Ukrainaga yaqindan yordam bermoqchi

Бу ҳақда мамлакат президенти Александр Вучич маълум қилди.

Eron Isroilning F-35 qiruvchi samolyotlarini urib tushirdi

Бу ҳақда Эроннинг Tasnim ахборот агентлиги хабар берди.

Eron maxsus kuchlari urib tushirilgan uchinchi Isroil samolyoti uchuvchisini qo‘lga oldi

Ҳозирча ҳеч қандай расмий тасдиқ йўқ.

O‘zbekiston bilan o‘yindan so‘ng BAA terma jamoasidan ikki futbolchi haydaldi

Эслaтиб ўтамиз, 5-июнь куни Ўзбекистон БАА билан 0:0 ҳисобида дуранг ўйнаб, тарихда илк бор ЖЧга йўл олди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

Eron Hayfaga zarba berish uchun gipertovushli raketadan foydalandi

Бу ҳақда Эроннинг Mehr агентлиги маълум қилди.

"Bu hali boshlanishi": AQSh Ukrainani dahshatli falokat haqida ogohlantirmoqda

Эрон АҚШ учун Украинадан кўра муҳимроқ бўлиб қолди

Eronning Isroilga uchirilgan raketalari "yuqori halokatli" kallaklar bilan jihozlangan

Бу ҳақда Эроннинг Fars ахборот агентлиги масаладан хабардор манбасига таяниб хабар берди.

Kutilmagan burilish: Eron AQShning talabiga "Xo‘p" deyishga tayyor

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи мамлакат АҚШнинг талабига рози бўлишини айтди.

Fotofakt: AQSh rasman Rossiya hududiga aylandimi?

Ижтимоий тармоқларда Пентагоннинг бир пости муҳокама қилинмоқда: Америка байроғи кунига бағишланган расмда тасодифан Россиянинг уч рангли байроқлари жойлаштирилган.

Dron hujumi: Qozon va Nijnekamsk aeroportlari vaqtincha yopildi

Унинг қўшимча қилишича, Ижевск аэропортида ҳам чекловлар жорий этилган.

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот хизмати хабар тарқатди.

Isroilda besh nafar Ukraina fuqarosi halok bo‘ldi

Украина консуллиги қурбонларнинг шахсини аниқлаш учун Исроил полицияси билан ҳамкорлик қилмоқда.

Бу ҳақда Iran International телеканали хабар берди.

Hindistonda vertolyot halokatga uchradi

Хабарга кўра, ҳалокатга ноқулай об-ҳаво шароити сабаб бўлиши мумкин. Воқеа жойида қутқарув хизматлари ва полиция ишламоқда.

Netanyahu Eron razvedkasi boshlig‘i Muhammad Kozimiyning yo‘q qilinganini tasdiqladi

Бу ҳақда Исроил бош вазири Бинямин Нетаняху Fox News каналига берган интервьюсида маълум қилди.

Moldova poytaxtida polisiya LGBT muxoliflarini shafqatsizlarcha kaltakladi va hibsga oldi

Ҳуқуқ-тартибот идоралари эса бузуқликни тарғиб қилишга қарши бўлганларга нисбатан кескин чоралар кўрмоқда.

Moskva Kiyevga yana 1200 ta halok bo‘lgan ukrainalikning jasadini topshirdi

Украина томони эса ҳалок бўлган россияликларнинг 27 та жасадини Россияга қайтарди.

SAXAL: Isroil armiyasi Tehrondagi 80 dan ortiq nishonlarga zarba berdi

Уч кундан кам вақт ичида Эронга тегишли 170 дан ортиқ нишонлар ва 720 та ҳарбий инфратузилма объектлари йўқ қилинган.

Eronning Isroilga zarbalari qanday oqibatlar olib keldi?

Исроил ССВ маълумотларига кўра, Эрон ҳужумлари оқибатида сўнгги 24 соат ичида 12 киши ҳалок бўлган, 385 нафар инсон тан жароҳати олган.

Eron osmoni yopildi — BAAni 2000 nafar rossiyalik sayyoh tark etolmasdan turibdi

13 июн куни Исроил Эронга биринчи зарбаларни берганидан сўнг, Эрон ҳукумати ўз ҳаво кенгликларини ёпиб қўйди. Бу натижада авиакомпаниялар рейсларни бекор қилди ёки жадвалларга ўзгартиришлар киритди.

Eron kelishuvga tayyor, Isroil esa yangi hujumga tayyorlanmoqda

Эрон ядро қуролига эга бўлмаслигини кафолатловчи битим тузишга тайёр, дея баёнот берди мамлакат ташқи ишлар вазири Аббос Аракчи.

Tramp 36 ta davlat fuqarolari uchun AQShga kirishni cheklamoqchi. O‘zbekiston ro‘yxatda bormi?

АҚШ 36 та давлат фуқаролари учун мамлакатга кириш чекловларини жорий этмоқчи. Бу ҳақда The Washington Post нашри давлат департаменти ҳужжатлари билан танишган ҳолда хабар берди.

Mossadning "puxta" operasiyasi: portlovchi moddalar Eronga chemodanlarda olib kirilgan

The Washington Post нашри Исроил Эронга авиаҳужум уюштиришдан олдин қандай қилиб мамлакатнинг ҳаво мудофаа тизимини ва ракета қурилмаларини ишдан чиқарганини очиқлади.

Eron hujumlari paytida Isroil havo mudofaa tizimi zaiflashgani ma’lum bo‘ldi

Сўнгги уч кунлик Эрон билан тўқнашувлар давомида Исроилнинг машҳур ракетага қарши мудофаа тизими — "Темир гумбаз" (Iron Dome) — маълум заифликларни намоён қилди, деб ҳисоблайди таҳлилчилар.

Germaniya Isroilning Eronga hujumlarini qo‘llab-quvvatlamoqda

Израиль Ташқи ишлар вазири Гидон Саар Германия ташқи ишлар вазири билан суҳбат чоғида Исроил Эрон ҳудудига ҳужумларини давом эттиришини маълум қилди.

Isroil Eron fuqarolariga murojaat qildi: "Bu hududlardan ketinglar"

"Биз айтмагунимизгача қайтманглар", дея қўшимча қилинади мурожаатда.

Parkentda 3 nafar bola basseynda cho‘kib, vafot etdi

Бу ҳақда Бош прокуратура матбуот котиби Ҳаёт Шамсутдинов хабар берди.

Tramp Eronni jiddiy ogohlantirdi: "Bu ishni qila ko‘rmang..."

Исроил ва Эрон якшанбага ўтар кечаси бир-бирига янги ҳужумлар уюштирди, шу билан бирга АҚШ Президенти Дональд Трамп бу можарони осонлик билан тугатиш мумкинлигини айтди ҳамда Эронни огоҳлантирди.

Eron rasmiylari Isroilga «axborot yordami» uchun o‘lim jazosi bilan tahdid qilmoqda

Эронда Ислом инқилоби муҳофизлари корпуси (ИИМК) ахборот тарқатиш фаолиятини кескин чеклаб, Исроил манфаатига хизмат қиладиган ҳар қандай хабар ёки ҳамкорлик ўлим жазоси билан жазоланишини эълон қилди. Бу баёнот маҳаллий ва халқаро журналистлар фаолиятини жиддий хавф остига қўяди.

Яқин Шарқдаги кескинлик туфайли Ўзбекистонда айрим рейслар бекор қилинди

Эрон ва Исроил ўртасидаги ҳарбий тартибсизликлар оқибатида Ўзбекистон авиакомпаниялари айрим парвозларни ўзгартириш ёки бекор қилишга мажбур бўлди. Хавфсизлик нуқтайи назаридан бир қатор давлатлар ҳаво ҳудуди вақтинча ёпилди.

Исроил Эрон ҳарбий-ҳаво кучларининг иккита базасига зарба берди

Бу ҳақда армия матбуот хизмати баёнотида айтилган.

Наманганда валютафурушдан 41,2 млн сўм жиноий жарима ундирилди

Фуқаро О. А ҳам ноқонуний валюта савдоси билан шуғулланганда ҳуқуқни муҳофаза қилиш идора ходимлари томонидан фаолиятига чек қўйилган.

"АҚШ Исроил амалиёти Эрондаги ҳукуматни ўзгартиришга қаратилган бўлиши мумкин"

Трамп Исроилнинг ҳаракатларини ижобий баҳолаб, ЦАХАЛ “дунёдаги энг яхши қуроллардан, яъни Америка қуролларидан” фойдаланганини таъкидлади.

Исроил Эроннинг Фордодаги ядровий объектига зарба берди

Исроил Эроннинг жавоб зарбаси жуда оғир бўлиши мумкинлигини тушунади, оқибатларни минималлаштиришга тайёрланмоқда, деди Исроил бош вазири.

Эроннинг яна бир юқори мартабали амалдори ўлдирилди

Генерал Қааний 2020 йилда АҚШ ҳужуми оқибатида ўлдирилган Қосим Сулаймоний ўрнига ушбу лавозимга тайинланган эди.

ЦАХАЛ бир қатор ҳаво ҳужумлари натижасида Эроннинг ракета инфратузилмасига тегишли объектлар йўқ қилинганини маълум қилди

Ҳужум қилинган объектлардан бирида контейнер кўринишида ниқобланган ўзига хос учириш механизми жойлаштирилгани аниқланган.

Исроилнинг киберхужуми ортидан Эрон армияси “кўр, кар ва соқов” бўлиб қолган

Қайд этилишича, бўлинмалар ўртасидаги алоқа, рациялар, пейжерлар ва мобил телефонлар ҳам ишдан чиққан

Исроилнинг Эронга ҳужумидан сўнг АҚШ ўз ҳарбий кемаларини Яқин Шарққа юбормоқда

Манбаларга кўра, АҚШ ҳарбий-денгиз кучлари USS Thomas Hudner эсминецини Шарқий Ўрта ер денгизи томон йўллаган.

Россия мингдан ошиқ жасадларни Украинага топширди

Ҳарбий асирлар бўйича мувофиқлаштирувчи штаб ўзининг Телеграм-каналида 1200 нафар ҳалок бўлган украиналиклар жасади қайтарилгани ҳақида эълон қилди.

Нетаньяху маъмурияти дунёни фалокатга тортаётгани хавотирли — Эрдоған

Туркия раҳбари халқаро ҳамжамиятни “глобал ва минтақавий барқарорликка таҳдид солаётган Исроил бандитизмига чек қўйиш”га чақирди.

Ироқ БМТ Хавфсизлик Кенгашига Исроил ҳаво ҳудудини бузганидан шикоят қилмоқда

Бу ҳақда Ироқ ташқи ишлар вазирлиги маълум қилди.

Исроилнинг Эронга қарши амалиёти қанча давом этади?

Исроил икки ҳафта давомида Эронда операция ўтказишни режалаштирмоқда. Бу ҳақда Wall Street Journal хабар бермоқда.

Туркия Эрон, Ироқ, Сурия ва Иорданияга парвозларни бекор қилди

Исроилнинг Эронга ҳаво ҳужуми уюштирганидан кейин минтақадаги хавфсизлик хавотирлари кучайгани учун Туркия бир қатор давлатларга парвозларни вақтинча тўхтатди.

Трамп Исроилнинг ҳужумига юқори баҳо берди — ABC News

У ҳужумни “ажойиб” деб атади ва олдинда “ҳали кўп нарсалар бўлади” деб айтди.

Исроилнинг Теҳронга уюштирган ҳужумлари оқибатида камида 78 киши ҳалок бўлди, яна 329 киши яраланди — Fars

The Wall Street Journal маълум қилишича, Исроил келаси 14 кун ичида Эронга янги ҳужумлар уюштириши мумкин.

"Яшил чироқ" ёқилди: Исроил Эронга ҳужумни давом эттирмоқда

Исроилнинг "Channel 14" телеканали маълум қилишича, Исроил ҳарбий-ҳаво кучлари Эронга қарши ҳужумларни қайтадан бошлаган.

Исфаҳон ва Фордо ядровий объектлари талафот кўрмади — МАГАТЭ

Халқаро атом энергияси агентлиги (МАГАТЭ) маълумотига кўра, Фордо уранни бойитиш корхонаси ва Исфаҳондаги ядровий объект Исроил зарбаларидан талафот кўрмаган.

Эронликлар кўчаларда: улар Исроилга қарши зарба беришни талаб қилишмоқда (ВИДЕО)

Минглаб Теҳрон ва бошқа Эрон шаҳарлари аҳолиси кўчаларга чиқиб, Исроилнинг ҳаракатларига қарши норозилик билдирди.

Исроил Эрон ҳудудида махфий дрон базасини яратган

Исроил “Ам Калави” операцияси доирасида Эрон ҳудудида махфий дрон (БПЛА) базасини яратди. Israel Hayom нашрининг хабар беришича, “Ам Калави” операцияси бир неча йиллар давомида тайёрланган.