O‘tgan yilning noyabrida o‘zining Lenovo Z5 Pro rusumli flagman smartfon taqdim etgan, u imkoniyatlari va narxi mutanosibligiga ko‘ra Xiaomi va Huawei ning flagmanlaridan o‘zib ketgan eng arzon smartfon-slayder bo‘lgandi. Kompaniya keyinchalik uning yangilangan versiyasi Lenovo Z5 Pro GT modelini taqdim etgan.Mazkur smartfon yana Lenovo Z5 Pro Snapdragon 855 Edition deb ham nomlanadi, sababi esa nomining o‘zida ham ko‘rinib turibdi. Taqdimot marosimida kompaniya vakillari ushbu flagman AnTuTu reytingining mutlaq rekordsmeni ekanligini alohida ta’kidlagan. Zero, u benchmarkda eng yuqori 368 480 ball to‘plagan. Bu esa har qanday smartfon, hattoki iPhone XS hamda XS Max natijalaridan ham baland ko‘rsatkich!Ammo keyinchalik AnTuTu servisi vakillari vaziyatni izohlab, Android-smartfonlar hamda iPhone larning benchmarkdagi natijalarini taqqoslab bo‘lmasligini aytishgan.
Endi esa Lenovo Z5 Pro Snapdragon 855 Edition smartfoni mashhur Geekbench servisida ham tekshirib ko‘rildi. Buni qarangki, android-smartfonlar qiroli deyilayotgan ushbu qurilma bu benchmarkda ancha past natijalar ko‘rsatgan!
Guvohi bo‘layotganingizdek, Lenovo Z5 Pro GT yakka yadroli sinovda 3284 ball, ko‘p yadroli testda esa 10237 ball to‘play olgan, xolos. Aytish kerakki, Snapdragon 855 prosessorli Sony Xperia XZ4 smartfoni hozirda 12801 ochko bilan Geekbench da yetakchilik qilib turibdi.
Manba: terabayt.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола Англия Премьер-лигасининг 27-туридан ўрин олган «Ньюкасл»га қарши ўйинда Рубен Диаш ўрнига Абдуқодир Ҳусановни тушириш борасидаги қарорига изоҳ берди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.
Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.