Anneksiya qilingan Qrimda kabel telekanallari efiriga buzib kirildi

Anneksiya qilingan Qrimda kabel telekanallari efiriga buzib kirildi

Anneksiya qilingan Qrimda kabel telekanallari efiriga buzib kirildi va Ukraina Mudofaa vazirligining yaqinlashib kelayotgan qarshi hujum haqidagi videosi namoyish etildi.

"Qrimning bir qator kabel operatorlarining translyasiyalari xakerlik hujumiga uchradi. Signal o‘chirilmoqda. Yer usti televideniyesi — barcha multiplekslar odatdagidek ishlayapti", — deb yozdi anneksiya qilingan Qrim rahbarining maslahatchisi Oleg Kryuchkov.

Bir nechta telekanallar efirida Ukraina qarshi hujum boshlanganini e’lon qilmasligi haqidagi videolavha namoyish etildi. Avvalroq video Ukraina Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!