Anhor Lokomotiv parkida attraksion to‘xtab qolishi sababi ochiqlandi

Anhor Lokomotiv parkida attraksion to‘xtab qolishi sababi ochiqlandi

“Toshkent shahridagi Anhor Lokomotiv parkida attraksion to‘xtab qoldi. 15 metr balandlikdagi karuselda odamlar qariyb 10 daqiqacha qolib ketishgan”, mazmunida videoxabar e’lon qilindi.

Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, attraksionning to‘xtashiga tashqi elektr ta’minoti sabab bo‘lmagan, ya’ni hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga qarashli tarmoqda nosozlik yoki boshqa sabab bilan uzilish bo‘lmagan. Parkka uzluksiz ravishda elektr energiyasi yetkazib berilgan.

Videodan ham ko‘rinib turibdiki, parkda elektr energiyasi mavjud. Attraksion to‘xtashiga tashqi elektr ta’minotining mutlaqo aloqasi yo‘q, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!