Angren shahar MIBning so‘kong‘ich boshlig‘i ayol kishi ekan

Angren shahar MIBning so‘kong‘ich boshlig‘i ayol kishi ekan

Angren shahar MIBning so‘kong‘ich boshlig‘i ayol kishi ekan. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev yozmoqda.

"Angren shahar MIBning so‘kong‘ich boshlig‘i ayol kishi ekan. Nima deyishgayam hayronsan. 

Bu yoqda gender tengligi, ayollarni jamiyatdagi o‘rnini oshirish va hokazo gaplar.

O‘zi erkakmi ayolmi barcha so‘kong‘ich rahbarlarni maktab partasiga qayta o‘tirig‘izib bir muddat "Odobnoma" darsini o‘tish kerak shekilli. Imtixonni esa o‘sha rahbarlarning bolalari yoki nevaralari olishadi. 

Koshki shunda rahbarlarda feodal qulchilik jamiyati unsurlaridan bo‘lgan  xodimlarini qul sifatida ko‘rib so‘kish, haqorat qilish, xo‘rlash, degan narsalar yo‘qolsa. 

Keyin shaxsni lavozim yoki ishga qo‘yishda uning odob ahloq, muomila madaniyati va xodimlarni so‘kish so‘kmaslik xususiyatiga birinchi navbatda qarash kerak. So‘kong‘ich, ko‘pol shaxsga rahbarlik va biror mas’ul ishni topshirib bo‘lmaydi.

Hozircha esa bitta Angren shahar MIB boshlig‘i, deb butun rahbar ayollarga hurmatni yo‘qotmaylik!", deb yozdi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!