Andijonda sevgan qizini kanaldan qutqarmoqchi bo‘lgan yigitning o‘zi oqib ketdi

Andijonda sevgan qizini kanaldan qutqarmoqchi bo‘lgan yigitning o‘zi oqib ketdi

Andijonda 20 yoshli yigit kanalda cho‘kib ketib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Aniqlanishicha, hodisa Marhamat tumanidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanalida sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan so‘ralgan guvohlarning ko‘rsatmasiga ko‘ra, Marhamat tumanida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan N.A. shu tumanda yashovchi, o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan X.G.ni kanalga tushib ketgani sababli qutqarish maqsadida suvga tushgan. Shu payt X.G.ni atrofdagi odamlar qutqarib qolgan. Ammo, yigit oqib ketgan.

Oradan uch kun o‘tib, yigitning jasadi kanalning "Polvontosh" MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismidan topilgan.

Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!