Andijonda "20 ming dollar operasiyasi" barbod qilindi

Andijonda "20 ming dollar operasiyasi" barbod qilindi

Bojxona xodimlari naqd xorijiy valyutalarni mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqilishi holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan shu kabi qonunbuzarlik holati o‘z vaqtida aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro O‘.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va uning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida ushbu shaxs qora rangli sumkasi ichidagi ko‘ylak orasiga 20 ming AQSh dollarini ustamonlik  bilan yashirgancha olib ketmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Ammo uning bu nayrangi o‘ziga pand berdi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!