Andijon viloyati hokimi Xitoydan tashrif buyurgan investorlar bilan uchrashdi
Andijon viloyatida prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi hududida viloyatimiz rahbari Shuhratbek Abdurahmonov hamda Xitoydan tashrif buyurgan investorlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Hamkorlar bilan o‘tkazilgan muzokaralar samarali yangi natijalarga yuzlandi.
“TIAN JIAO HONGAN AGRICULTURE HIGHTECH” MChJ XK tomonidan 8 gektar yer maydonida qiymati 8,4 million AQSh dollarini tashkil etgan “Qalampir mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sanoat parki” loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi.
Loyihani 2025 yilning 1-choragida ishga tushirish va 100 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)