Anchelotti «Real»dagi kelajagiga shubha bilan qaray boshladi

Anchelotti «Real»dagi kelajagiga shubha bilan qaray boshladi

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoadagi o‘zining kelajagiga ishonchi komil emas. Bu haqda "The Athletic" xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, jamoa rahbariyati tarqatayotgan ommaviy xabarlarda italiyalik mutaxassisni qo‘llab-quvvatlashini aytayotgan bo‘lsa-da, Florentino Peres ichki suhbatlarda murabbiylar shtabiga nisbatan u qadar ishonch bildirmayapti.

Anchelotti va uning yordamchilari esa rahbariyatning o‘zlariga nisbatan rejalarini yaxshi tushunmayapti. Boz ustiga, Anchelottida klubning yozgi transfer siyosatiga nisbatan xavotir bor. Ular Peresning tarkibni kuchaytirish uchun ko‘p pul sarflashiga shubha bilan qarashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!