Anchelotti "PSJ" yetakchisini "Real"da ko‘rmoqchi

Anchelotti "PSJ" yetakchisini "Real"da ko‘rmoqchi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “PSJ” yarim himoyachisi Marko Verrattini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. L'Equipe xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis, agar u "Santyago Bernabeu"da qolsa, o‘z hamyurtining transferini talab qiladi.

Avvalroq Anchelotti rahbariyatdan kelajagi borasida kafolat olgani haqida xabar berilgandi. Taxminlarga ko‘ra, Karlo kelasi mavsumda "Real"ni boshqarishda davom etadi, shundan so‘ng u shartnomasini oxirigacha bajarib, erkin agent sifatida ketadi.

Anchelotti avvalroq Verratti bilan "PSJ"da ishlagan. Aynan italiyalik mutaxassis qo‘l ostida parijliklar 2012 yilda "Peskara"dan Markoni sotib olishgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!